Qo‘shjonov Matyoqub


956

Tug‘ilgan sana: 1918 May 5
Vafot etgan sana: 2005 Avgust 16
Tug‘ilgan joyi: Turkmaniston
Yo‘nalishlar: Adabiyotshunoslar

O‘zbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlog‘ida tug‘ilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), O‘zbekiston Respublikasi FAning a’zosi (1979), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).

Tarjimai hol

30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1941-1945 yillarda urushda qatnashgan, mergan bo‘lgan. 1945-1950 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan, imtiyozli diplom olgan.

1950-1954 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi apparatida ishlagan. 1954-1957 yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida o‘qidi. 1957-1960 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qituvchi bo‘ldi. 1960 yildan O‘zbekiston FAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit