Qobilova Ziyoda O’tkirovna


1047

Tug‘ilgan sana: 1989 Yanvar 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Ziyoda Qobilova — oʻzbek kino aktrisasi va qoʻshiqchisi. Tinglovchilari orasida shunchaki Ziyoda nomi bilan mashhur. Ziyoda oʻzbek va ingliz tillarida qoʻshiq kuylaydi.Oʻzbekiston hududidan tashqarida ukrain qoʻshiqchisi Ruslananing „Wild Dances“ („Yovvoyi raqslar“) qoʻshigʻini aytib tanilgan. Ziyoda bir nechta oʻzbek filmlarida rol oʻynagan.

Ziyoda Oʻtkirovna Qobilova 1989-yil 7-yanvarda Toshkentda tugʻilgan. Ziyoda bolaligidan Yulduz Usmonovaning qoʻshiqlarini kuylab yurgan. Maktabdan soʻng xonanda Hamza nomidagi musiqa kollejiga, soʻngra Oʻzbekiston Davlat Sanʼat institutiga oʻqishga kirgan.

Turmush oʻrtogʻi „Sevadi yorim mani“ nomli qoʻshigʻida klipida suratga tushgan ismi Eldor. 2013-yilning 23-oktyabrida Eldor va Ziyodaning Komron ismli oʻgʻli dunyoga keldi. Singlisi qoʻshiqchi Aziza Qobilova.

Ziyoda Oʻzbekistonda ilk bor 2004-yil "AkfaMedia"da Ruslananing „Wild Dances“ qoʻshigʻini oʻzbekcha „Sevmaganman“ deb aytib shuhrat qozongan. Birinchi albomi 2008-yil chiqarilgan. Uning musiqasini „Oʻrta Osiyo, Arabiston va Gʻarbning nuqsonsiz va zamonaviy aralashmasi“ deb taʼriflashadi. 2007-yil Ziyoda Oʻzbekistondagi eng yaxshi ayol qoʻshiqchi deb topilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit