Qosimjonov Rustam Mashrukovich


2172

Tug‘ilgan sana: 1979 Dekabr 5
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1979 yilning 5 dekabrida Toshkentda tug‘ilgan. Shohmot bo‘yicha Osiyo chempioni, jahon chempionati mintaqaviy musobakasi g‘olibi, Butun-jahon shohmot olimpiadasida shaxsiy qisobda bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Xalqaro grossmeyster. "Uzbekistan iftixori" faxriy unvoni qamda "Uzbekistan belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Rustam Qosimjonov bolaligidan shohmotga alohida mehr qo‘ygan, dastlab murabbiy Aleksandr Grushevskiydan, keyinchalik tajribali murabbiy Sergey Pinchukdan saboq olgan. 1990 yili Uzbekistan birinchiligida g‘olib chiqqach, el nazariga tushgan. 1994 yil uning hayotida yorqin iz qoldirdi. Yosh shohmotchi Katar poytaxti Doxada Osiyo chempioni bo‘ldi. Vengriyaning Seged shahrida jahon birinchiligida ishtirok etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. Prezidentimiz Islom Karimov yosh shohmotchiga kompyuter va 300 mingdan ziyod sara o‘yinlar matni yozilgan kasseta sovg‘a qildi. Bu uning kamolot yo‘lidan dadil odimlashiga zamin yaratdi, 1995 yili Braziliyaning Guarpuova shahrida bo‘lgan jahon birinchiligida Rustam yana bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 1996 yili Osiyo shaharlari chempionatida bosh sovrinni olgan jamoamiz tarkibida o‘ynadi. 1997 yili Uzbekistan chempionatida zafar quchdi va xalqaro grossmeyster talabini bajardi.

1998 yili Tehronda I Osiyo chempionatida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. O‘sha yili Ostona (Qozog‘iston) shahrida jahon chempionatining mintaqaviy musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi.

2000 yil Rustam uchun omadli keldi. Avval Uzbekistan chempionatida, keyin Namanganda jahon chempionatining mintaqaviy musobaqasida g‘alaba qozondi. Germaniyaning "Zolingen" klubi tarkibida jahonning yetakchi grossmeysterlariga qarshi muvaffaqiyatli dona surdi.

Bu uning shaxsiy ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. U 2692 ko‘rsatkich birlik bilan FIDEning 2000 yil 1 iyuldagi tasnifida 13-o‘ringa ko‘tarildi.

2001 yil ham hamyurtimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. May oyida Rustam Qosimjonov Germaniyada o‘tgan nufuzli xalqaro turnirda dunyoning bir qator taniqli grossmeysterlarini ortda qoldirib, g‘olib chikdi.

Iqtidorli yosh grossmeyster Rustam Qosimjonovning ezgu niyati - jahon shohmot tojini yurtimizga olib kelishdir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit