Qurbonboyeva Sarvinoz


280

Tug‘ilgan sana: 1994 Dekabr 6
Tug‘ilgan joyi: Sirdaryo viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Sarvinoz Qurbonboyeva - xalqaro grossmeyster, O‘zbekistonda ayollar o‘rtasidagi va O‘zbekiston bolalar va o‘smirlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha chempionatlarining ko‘p karra chempioni.

Sarvinoz Qurbonboyeva Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tavallud topgan.

2003 yilda Qurbonboyeva birinchi faxriy chempionlik maqomiga O‘zbekistonda 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatida sazovor bo‘ladi. Undan so‘ng o‘z tengdoshlari orasida o‘tkazilgan Respublika tanlovlarida bir necha bor birinchilikni qo‘lga kiritdi. 2012 yil O‘zbekistonda o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi Oliy liga o‘yinlarida chempion bo‘lgan.

Sarvinoz Qurbonboyeva Osiyoda o‘tkazilgan Eron-2008 va Hindiston-2009 o‘yinlarida faxrli kumush va bronza medallari sohibiga aylangan va 2010 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi, hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2014 yil xalqaro sport ustasi normativlarini bajara olgan. Abu-Dabi (BAA) shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyo xalqlari Kubogi-2016” xalqaro turnirida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi nomidan qatnashib faxrli kumush medalini qo‘lga kiritgan.

2017 yilning mart oyida FIDE Prezident kengashi tomonidan Sarvinoz Qurbonboyevaga xalqaro ayol grossmeysteri maqomi berilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit