Qurbonov​ Bahodir


2940

Tug‘ilgan sana: 1972 Dekabr 5
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Bahodir Qurbonov

1972 yilning 5 dekabrida Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindori. Sidney Olimpiyadasida 5-o‘rinni egallagan. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sportchi" faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Tarjimai hol

Bahodir yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoaning eng tajribali vakillaridan hisoblanadi.

Uning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari 1994 yili Xirosimada bo‘lgan Osiyo o‘yinlaridan boshlandi. Bu yerda uchinchi o‘rinni egallagan Bahodir 1995 yilda Manilada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. 1996 yili esa Atlanta Olimpiadasida ishtirok etdi.

1998 yil Bangkokda o‘tgan XIII Osiyo o‘yinlarida Bahodirning ko‘ksini kumush medal bezadi. 1999 yili Toshkentda uyushtirilgan Osiyo chempionatida u yana shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Afinada o‘tgan jahon chempionatida esa faxrli to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Bahodir Qurbonov Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida Osiyo chempioni bo‘ldi.

Bahodirning umr yo‘ldoshi Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya chempioni. Sportchilar oilasida Alisher ismli o‘g‘il voyaga yetmokda. Kelajakda Alisher kurashchi bo‘ladimi yoki gimnastikachimi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit