Qurbonov Akobir Sobir o’g’li


2636

Tug‘ilgan sana: 1975 Iyul 29
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1975 yilning 29 iyulida Buxoroda tug’ilgan. Sambo bo’yicha to’rt karra Osiyo chempioni, Jahon universiadasi golibi, jahon kubogi sohibi, jahon chempioni. Milliy kurash bo’yicha jahon chempioni. "O’zbekiston iftixori" faxriy unvoni hamda "Uzbekistan belgisi" ko’krak nishoni bilan takdirlangan.

Tarjimai hol

 Sambo bo’yicha ikki karra jahon chempioni Sobir Qurbonov o’g’li Akobirda yoshligidan kurash va samboga qiziqish uyg’otdi.

Yosh Akobir 1995 yili yulduzli onlarni boshdan kechirdi. Chunki u yoshlar o’rtasida Osiyo chempioni (Bishkek), Novi-Sodda Jahon universiadasi g’olibi va Sofiyada jahon chempioni bo’ldi. Ayniqsa, Sofiyadagi kurashi diqqatga sazovor, u jarohatlanganiga qaramasdan chidam bilan oxirigacha kurashdi va shohsupaning eng yuksak pog’onasidan joy oldi.

1997 yili Akobir Ulan-Batorda kattalar o’rtasida Osiyo chempionatida birinchi o’rinni egalladi. Rossiyaning Kstova shahrida esa jahon kubogini qo’lga kiritdi. 1998 yili Toshkentda, 1999 yili Singapurda bo’lgan Osiyo chempionatlarida unga bas keladigan raqib topilmadi.

Kurash turlari mohiyatan bir-biriga yaqin. Shu bois Akobir sambodan tashkari, dzyudo va milliy kurash bo’yicha ham mamlakat chempionatlarida g’alaba qozongan. Ayniqsa, uning milliy kurash bo’yicha Toshkentda o’tkazilgan birinchi jahon chempionatidagi g’alabasi mamlakatimiz sport tarixiga zarhal harflar bilan yozildi. O’shanda buxorolik polvon biri biridan chiroyli usullar qo’llab, raqiblarini mag’lub etdi, xorijlik mutaxassislar dilida milliy kurashimizga nisbatan katta qiziqish uyg’otdi.

Akobir Qurbonovning niyati milliy kurash bo’yicha ikkinchi bor jahon chempioni bo’lish.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit