Quttibоev Yerkinbоy


2234

Tug‘ilgan sana: 1972 Avgust 28
Tug‘ilgan joyi: Nukus
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1972 yilning 28 avgustida Nukus shaxrida tug‘ilgan. Kikboksing bo‘yicha Yevropa chempioni, muaytay bo‘yicha uch karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi. "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan takdirlangan. Yerkinboy erkin kurash to‘garagiga qatnay boshlaganida o‘n ikki yoshda edi.

U o‘smirlar o‘rtasida respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda o‘z iqtidorini namoyish etgan.

Kiyev muhandislik-qurilish institutida ta'lim olish bilan birga muntazam boks bilan shug‘ullandi, keyinchalik sportning kikboksing turiga mehri ortdi.

1994 yili Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada Yevropa qit'asidagi eng kuchli kikboksingchi ekanligi rasman e'tirof etildi.

Yerkinboy yakkakurashning tailandcha muaytay turini ham mukammal o‘zlashtirgan. 1995 yili Tailand poytaxti Bangkokda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida muaytay bo‘yicha nomdor sportchilarni yengib 91 kilogramm vaznda zafar quchdi, Keyingi yili ham shu shaharda tailandliklarni lol qoldirib, "Qirol kubogi"ni qo‘lga kiritdi.

1997 yili ikkinchi bor jahon chempionatida g‘alaba qozondi. 1998 yilda tailandliklar ikki bor Yerkinboyni olqishlashdi: u jahon chempioni bo‘ldi, XIII Osiyo o‘yinlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

1999 yili Yerkinboy boks bo‘yicha Uzbekistan chempionatida ishtirok etib, 91 kilogrammdan yuqori vaznda kumush medal bilan takdirlandi.

Yerkinboy Quttiboyev 2000 yili Bangkokda muaytay bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2001 yili muaytay bo‘yicha oltinchi marotaba Uzbekistan chempioni bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit