Radzivil Svetlana Mixaylovna


924

Tug‘ilgan sana: 1987 Yanvar 17
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Svetlana Mixaylovna Radzivil (1987 yil 17 yanvarda tug‘.)—O‘zbekiston yengil atletikachisi, balandlikka sakrash bo‘yicha mutaxassis. Xalqaro toifadagi O‘zbekiston Respublikasi sport ustasi.

Faoliyati
Yengil atletika bilan Toshkentda shug‘ullanishni boshladi. Avval ko‘pkurashdan boshladi. Lekin keyinchalik balandlikka sakrashga bir to‘xtamga keldi.

2002 yil birinchi katta start olish uchun Svetlana Yoshlar Jahon chempionati Kingstonda o‘zbek sportchisi 1,70 natija bilan 19-o‘rinni egalladi. Lekin 2002 yil kontinental yoshlar birinchiligida 1,76 bilan to‘rtinchi o‘rinda turdi.

2004 yil Osiyo yoshlar chempionatida xalqaro darajadagi birinchi kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

2006 yilda Svetlana uchta oltin mukofotga ega bo‘ldi—qishki Osiyo chempionati, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Jahon chempionatida. Bu yerda 1.90 balandlikni zabt etdi.

2008 yil Svetlana Pekindagi Olimpiadada ishtirok etdi, lekin 1.89 balandlikkacha ko‘tarildi, 18- o‘rinda.

2009 yil Berlinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 1.89 balandlik natija bilan 21 o‘rinda.

2009 yil Osiyo chempionatida bronza medali sovrindori bo‘ldi. Keyingi yili Osiyo o‘yinlarida 1.95 ko‘rsatkich bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2011 yil Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ammo Jahon chempionatida sakkizinchi o‘rinda bo‘ldi.

2012 yilgi qishki jahon chempionati Olimpiyadasida sakkizinchi o‘rinni egalladi. Shundan Olimpiya litsenziyasiga ega bo‘ldi. Svetlana Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 1.97 balandlikka sakradi ammo, bunga yettinchi urunishda erishdi.

2014 yilda Osiyo qishki chempionatida 1.96 balandlikka sakrab (o‘z rekordini o‘rnatdi) g‘oliblikka erishdi. Svetlana qishki jahon chempionatida 1.88 natija bilan 14 o‘rinni egalladi. 2014 yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida 1.94 natija bilan g‘alaba qozondi.
2015 yilda Osiyo chempioni bo‘ldi. Svetlana Pekinda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida qatnashdi va 9 urunishda 1.88 natijani ko‘rsatdi.

Natijalari
2006 yilda O‘zbekistonning yoshlar rekordini 1.91 natijasi orqali o‘rnatdi 12.02.2006 (mashq maydonida) va 20.08.2006 (stadionda).

2008 yil Svetlana Osiyo rekordini takrorladi (1.98), lekin 2009 yil Marina Aitova rekordni 1.99 gacha yaxshiladi.

Davlat mukofotlari
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti farmoniga muvofiq mustaqillikning 22 yilligi munosabati bilan Svetlana Radzivilni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

2006-2010 y. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi.
2004-2013 y. - Respublika maxsus bolalar va o‘smirlar olimpiya zahiralari maktabi murabbiyi (o‘rindosh).
2005-2013 y. - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi sportchi-yo‘riqchisi.
2005 y.- Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
2005 y.- Toshkent viloyati 2-son Bolalar va o‘smirlar olimpiya zahiralari sport maktabi murabbiyi.

Svetlana 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Оsiyo chempionati
Bronza Guajou 2009 Balandlikka sakrash
Kumush Kobe 2011 Balandlikka sakrash
Kumush Puna 2013 Balandlikka sakrash
Oltin Uhan 2015 Balandlikka sakrash
Оsiyo chempionati
Kumush Pattaya 2006 Balandlikka sakrash
Oltin Hanjou 2014 Balandlikka sakrash
Osiyo o'yinlari
Kumush Guanjou 2010 Balandlikka sakrash
Oltin Inchxon 2014 Balandlikka sakrash
Yoshlar o'rtasida jahon chempionati
Oltin Pekin 2006 Balandlikka sakrash
Оsiyo chempionati
Bronza Guajou 2009 Balandlikka sakrash
Kumush Kobe 2011 Balandlikka sakrash
Kumush Puna 2013 Balandlikka sakrash
Oltin Uhan 2015 Balandlikka sakrash
Оsiyo chempionati
Kumush Pattaya 2006 Balandlikka sakrash
Oltin Hanjou 2014 Balandlikka sakrash
Osiyo o'yinlari
Kumush Guanjou 2010 Balandlikka sakrash
Oltin Inchxon 2014 Balandlikka sakrash
Yoshlar o'rtasida jahon chempionati 
Oltin Pekin 2006 Balandlikka sakrash
Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati
Kumush
Ipox 2004
Balandlikka sakrash
Oltin
Маkао 2006
Balandlikka sakrash







Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit