Rahmatova Farog'at


977

Tug‘ilgan sana: 1926 May 25
Vafot etgan sana: 2014 yil
Tug‘ilgan joyi: Qashqadaryo
Yo‘nalishlar: Aktyorlar, Qo`shiqchilar

Rahmatova Farog’at (1926.25.5, Qarshi) – aktrisa va xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1964). 

Konservatoriyaning tayyorlov kursini tugatgan (1944 – 1945). Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida “Yoriltosh” spektaklida Oymomo rolini ijrosi bilan boshlagan (1940).

Keyinchalik Buxoro teatrida (Shirin, “Farhod va Shirin”; Muhabbat, “Davron ota”), Yangiyo’l teatrida (Oksana, “Qo’chqor Turdiyev”; Guloyim, “Muqanna”; Zuhra, “Tohir va Zuhra”, Guljon, “Nasriddin Buxoroda”; Oftobxon, “Oftobxon”) ishlagan. 1948 yil muqimiy teatr sahnasida rang – barang obrazlar yaratib elga tanildi; Sarvi (Uyg’un; M. Leviyev, “Oltin ko’l”,) Oybarchin (S. Abdulla; T. Jalilov, “Alpomish”), Darijon (T. Sobirov; M. Yusupov, “Uch bahodir”), Sanam (A. Bobojon; M. Yusupov, “Aziz va Sanam”), Obidaxon (S. Abdulla; T. Jalilov, G.Mushel’, “Mavlono Muqimiy”), Zulxumor (K. Yashin; T. Jalilov, “Ravshan va Zulxumor”), Kumush (D. Fayziy, “Zarafshon qizi”),Risolat pari (H. G’ulom; M.Leviyev, “Toshbolta oshiq”), Hayotxon (M. Ismoiliy; D.Soatqulov, “Farg’ona tong otguncha”), Ona (X. Rasul; M. Yusupov, “Muqaddas diyor”; R. Ma’diyev; B. Lutfullayev, “Taqdir”), Zubayda (R. Ma’diyev; F. Olimov, “Devona”). Uning qahramonlari hissiyotlarga boyligi, holatlarining aniqligi, ta’sirchanligi nozik o’ynoqi qochirimlari, o’ziga xos talqini bilan ajralib turadi. 

Rahmatova xonanda sifatida ham el orasida mashhur “Diyorimsan”, “Go’zal”, “Tuprog’im mening”, “Yoring unutma”, “Yordan salom kelibdir”, “Vafo qilsa”, “Onajon”, “Unutma”, “Gul mavsumi”, “Dugoh” kabi qo’shiq va ashulalarning betakror ijrochisi. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1992).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit