Rahmatullayev Shavkat


698

Tug‘ilgan sana: 1926 Mart 15
Vafot etgan sana: 2015 Iyun 26
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Filolog

Shavkat Rahmatullayev 1926 yil 15 mart Toshkent shahrida dunyoga keladi. U 1947 yil O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) tamomlagan. 1952 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1966 yil esa doktorlik ishini o‘z nihoyasiga yetkazdi. Olim frazeologiya, leksikologiya, morfologiya, orfografiya va leksikografiya muammolari bilan shug‘ullanib kelgan. 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 1968 yil olim Umumiy tilshunoslik (bugungi kunda Til nazariyasi va amaliyoti kafedrasi deb nomlanadi)kafedrasining tashkil topishida jonbozlik ko‘rsatgan.

Shavkat Rahmatullayevning tilshunoslik ilmi taraqqiyotidagi salmoqli faoliyati, mehnati hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Ustoz 1990 yilda «Mehnat faxriysi» medali bilan mukofotlandi. Shu yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. 1996 yilda ToshDUning «Yuksak xizmatlari uchun» nishoni bilan taqdirlandi.

Zahmatkash olim Shavkat Rahmatullayev Respublika Prezidentining 2005 yil 24 avgust farmoniga asosan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Bu olimning mashaqqatli mehnatiga berilgan eng yuksak bahodir. Bundan tashqari, xalqaro konferentsiyalarda va simpoziumlarda bir necha bor ishtirok etgan.

Professor Sh.Rahmatullayev 2015 yil 26 iyunda vafot etgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit