Rashidov Sardor Ixtiyorovich


2153

Tug‘ilgan sana: 1991 Iyun 14
Tug‘ilgan joyi: Jizzax
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Sardor Ixtiyorovich Rashidov  — o’zbek futbolchisi. Qatarning “Al-Jaish” jamoasi va O’zbekiston milliy terma jamoasida to’p suradi.

Karera

Sardor Rashidov “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi bitiruvchisi.U 2010 yilning yozida Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi tarkibida o’ynadi. Sardor Rashidov oxirgi ikki yilda jamoa yetakchisi bo’ldi va asosiy tarkib o’yinchisiga aylandi. U 2010 yildan hozirga qadar o’ttiz olti marta O’zbekiston kubogida maydonga tushgan, shuningdek, O’zbekiston kubogi va Osiyo chempionlar ligasida o’n uchta gor kiritgan. 2015 yil iyul oyida Qatarning “Al-Jaish” klubi Sardor Rashidovni 2.1 million AQSH dollariga sotib oldi.Shunday qilib klubi Sardor Rashidov “Al-Jaish” klubining futbolchisiga aylandi.

Xalqaro karera

2013 yil oktyabr oyida Sardor Rashidov O’zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi e’tiboridan chetda qoldi va u 2013 yil 31 oktyabrda Osiyo kubogi 2015 saralash turnerida O’zbekiston terma jamoasi safida Vetnamga qarshi o’yinga tushdi va o’z debyutini o’tkazib bitta gol kiritdi.

U 2015 yil Osiyo kubogi finalida ishtirok etgan, shuningdek o’z jamoasining barcha to’rt o’yinida maydonga tushib ikkita gol urgan, guruhdan chiqish uchun hal qiluvchi o’yinda Saudiya Arabistoniga qarshi to’p surdi. (3:1)

Yutuqlari

O’zbekiston Chempioni: 2010, 2011, 2013

O’zbekiston vitse-chempioni: 2007, 2012

O’zbekiston Kubogi sohibi: 2010, 2012, 2013

O’zbekiston Kubogi finalchisi: 2014

O’zbekiston Superkubogi sohibi: 2014

Osiyo chempionlar ligasi yarim finalchisi: 2012

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit