Rasulov Elshod Yunusovich


2037

Tug‘ilgan sana: 1986 Mart 7
Tug‘ilgan joyi: Qo‘qon
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Elshod Rasulov — o‘zbek bokschisi, uch katta jahon chempioni. O‘rta vaznda qatnashadi.Bosh murabbiy NabiBoymatov qo‘l ostida shug‘ullangan. U «Mexnat shuxrati» ordeni bilan taqdirlangan.

U 2012 yilda Londonda o‘tkazilgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori sifatida tanlandi.

Yutuqlari

2004 yil- yoshlar o‘rtasida jahon chempioni

2006 yil- harbiy xizmatchilar o‘rtasida jahon chempioni

Ikki karra Osiyo o‘yinlari hamda qit’a chempioni.

2009 yil Milan(Italiya) Boks bo‘yicha jahon chempionati — Kumush medali. U finalda rossiyalik bokschi Artur Beterbiyevga yutqazgan .

2011 yil Baku(Ozarbayjon) Boks bo‘yicha jahon chempionati — Bronza medali. U yarimfinalda qozog‘istonlik bokschi Adilbek Niyazimbetovga yutqazgan .

Elshod Rasulov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

2015 yil Jahon Chempionati bronza medali sohibi, Osiyo vitse-prezidenti Elshod Rasulov ringga Buyuk Britaniyani namoyish etayotgan 23 yoshlik Djoshu Buatsi bilan chiqadi.

Elshod ringga chiqishga tayyor emas edi, zero ham jismonan, ham tashqi ko‘rinishidan tetik emas edi. Raqibi esa, aksincha, juda faol va tezkor edi. Qattiq zarbalari bilan u Rasulovni yiqitishga muyassar bo‘ldi va so‘nggi imkoniyatlardan foydalangan holda u jangga yakun yasadi. Buatsi Elshodni nakautga keltirib, O‘zbekiston terma jamoasini boks bo‘yicha bir medaldan mahrum etadi.

Sport mukofotlari
Boks

Jahon chempionati

Kumush Milan 2009 81 kg gacha
Bronza Baku 2011 81 kg gacha
Bronza Доха 2015 81 kg gacha

Osiyo chempionati

Oltin Ulan-Bator 2007 75 kg gacha
Oltin Juxay 2009 81 kg gacha

Osiyo o'yinlari

Oltin Doha 2006 75 kg gacha
Oltin Guanjou 2010 81 kg gacha

Davlat mukofotlari — “Mehnat shuhrati” ordeni

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit