Rauf Parfi


1062

Tug‘ilgan sana: 1943 Sentyabr 27
Vafot etgan sana: 2005 Mart 28
Tug‘ilgan joyi: Yangiyo'l
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar, Adabiyotshunoslar

Rauf Parfi iste’dodli, isyonkor shoir. Iste’dodining siri shundaki, u hech kimni hech qachon takrorlamaydi. U nozik tuyg‘ular, dilbar xayollar kuychisidir. Uning ilk she’rlari 50-yillarning ikkinchi yarmida yozilgan bo‘lsa ham, 60-yillarning o‘rtalariga kelib shoir sifatida el og‘ziga tushdi. Turkiyada o‘tkazilgan turkiy shoirlar tanlovida esa birinchilikni olgan.

Tarjimai hol

Rauf Parfi 1943 yilda xuddi shu yerda tavallud topgan. Shu yerda o‘rta maktabni tugatib, 1960-1965 yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)da sirtdan tahsil oldi.

Rauf Parfining ota-onasi mustabid tuzum davrida ona yurti Farg‘onadan quvg‘in qilinib, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining Sho‘ralisoy qishlog‘iga kelib qolgan.

Rauf Parfi «Sabr daraxti» (1986) to‘plami uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Rauf Parfi iste’dodli, isyonkor shoir. Iste’dodining siri shundaki, u hech kimni hech qachon takrorlamaydi.

U nozik tuyg‘ular, dilbar xayollar kuychisidir. Kuz manzarasi tasvirlangan mana bu satrlarga e’tibor bering:

Shivirlaydi oyog‘imda yashab o‘tgan xazonlar,

Ko‘zlarimga igna yanglig‘ sanchilmoqda mezonlar.

Huvillagan qishloq uzra quyuq tuman cho‘kmoqda,

Yiroqlarda nay ko‘nglini so‘nggi bora to‘kmoqda.

Ana sizga g‘aribona bir qishloqdagi kuz manzarasi-yu undan kelib chiqadigan falsafa! Bu oddiy she’rgina emas, to‘la ma’noda poeziyaning xuddi o‘zginasi, desa bo‘ladi. To‘rtlikni o‘qigach, avvalo o‘sha oddiy qishloq timsolida kuz keltirgan ma’yus holatni go‘yo rassomning «Kuz» manzarasi yanglig‘ darrov anglaysiz. Qolaversa, siz xohlaysizmi, yo‘qmi mana shu manzara inson qalbiga ko‘chadi. Xullas, shoir tabiat manzaralari orqali inson holati manzaralarini rassomona mahorat bilan ifodalaydi.

G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, «Yozuvchi» nashriyotlari, turli gazeta va jurnal tahririyatlarida faoliyat ko‘rsatdi.

Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan. Rauf Parfi 2004 yilda vafot etgan.

Rauf Parfi mohir tarjimon sifatida ham ma’lum va mashhurdir.

U «Sabr daraxti» (1986) to‘plami uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘lgan. Turkiyada o‘tkazilgan turkiy shoirlar tanlovida esa birinchilikni olgan.

U o‘zbek she’riyati mavqeini ko‘tarishga, uni til va uslub, janr jihatdan rang-baranglashib, boyib borishiga ulkan hissa qo‘shgan shoirdir.

Faoliyati

Rauf Parfining ilk she’rlari 50-yillarning ikkinchi yarmida yozilgan bo‘lsa ham, 60-yillarning o‘rtalariga kelib shoir sifatida el og‘ziga tushdi. Uning «Karvon yo‘li» (1968), «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1991) kabi she’riy guldastalari o‘z o‘quvchisiga taqdim etildi. Shoir so‘nggi yillarda «Sharq yulduzi», «Yoshlik», «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» kabi gazeta-jurnallarda faol ishtirok etdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit