Riskiyev Rufat Asadovich


1236

Tug‘ilgan sana: 1949 Oktyabr 2
Tug‘ilgan joyi: Oqqoʻrgʻon
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Rufat Asadovich Risqiyev — bokschi, xizmat koʻrsatgan sportchi (1974), 75 kg vazn toifasida jahon chempioni (1974, Gavana), Olimpiada kumush medali sovrindori (1976, Monreal).

Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviyada oʻtkazilgan xalqaro turnirlar golibi (1969-76), Kuba ochiq chempionatining 2 karra chempioni (1973, 1974), Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1977).

"Dinamo" sport jamiyatida yoʻriqchi (1967— 77), Toshkent politexnika institutida kafedra mudiri (1977—79), Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida murabbiy (1979—84). Risqiyev bokschi hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan "Ringga chaqiriladi" (1979) badiiy filmida bosh rolni ijro etgan.

1999-yildan Toshkentda Risqiyev sovrini uchun oʻspirinlar oʻrtasida boks musobaqalari oʻtkaziladi."El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit