Ro‘ziyev Sobirjon Sobitovich


1975

Tug‘ilgan sana: 1953 Iyun 15
Tug‘ilgan joyi: Qirg‘iziston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Ro‘ziyev Sobirjon Sobitovich — qilichboz, xizmat ko‘rsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi bo‘yicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3 marta jahon kubogi g‘olibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2 marta Jovanini kubogida g‘olib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva).

Ro‘ziyev O‘zbekiston jismoniy tarbiya institutini (1975), ToshDUning yuridik fakultetini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar xarbiy xizmatchisi (1974 —92).

O‘zR Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi (1992—95), O‘zR Milliy olimpiada qo‘mitasi prezidenti (1995—2003).O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003 y.dan).

Ro‘ziyev Sobirjon Xalqaro Olimpiada qo‘mitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qo‘mitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit