Rtveladze Edvard Vasilyevich


1428

Tug‘ilgan sana: 1942 yil
Tug‘ilgan joyi: Gruziya
Yo‘nalishlar: Tarixchilar, Arxeologlar

Rtveladze Edvard Vasilyevich (1942.14.5, Borjomi sh., Gruziya) - arxeologtarixchi olim. O‘zbekiston FA akademik (1995), tarix fanlari doktori(1989), professor (1992).

ToshDUni tugatgan(1967). 1967yildan O‘zbekiston san'atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati O‘rta Osiyoning qadimiy va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, san'ati, madaniyati tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. O‘rta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi.

Ko‘pgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. Rtveladze rahbarligida Toxariston ekspeditsiyasi tomonidan Kampir-tepalA olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda 1marta Kushonlar davriga oid qadimiy shahar xarobasi to‘liq ochilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Rtveladze rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bag‘ishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, «Amir Temur jahon tarixida», «Xiva- ming gumbazli shahar», «Shahrisabz», «Termiz», «Jaloliddin Manguberdi» va boshqa tayyorlangan.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureate(1985). «Buyuk xizmatlari uchun» (2001), «Mehnat shuxrati» (2003) ordenlari va Gruziyaning «Girsebis» («Ritsarlik sharafi») (2001) ordeni bilan mukofotlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit