Saliyev Doniyor Nurulla o‘g‘li


685

Tug‘ilgan sana: 1994 Iyul 4
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2008 yil 2 yanvardan Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi

U 04.07.1994 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. 2014 yildan Saliyev Doniyor O‘zbekistondavlat jismoniy tarbiya instituti talabasi.

D.Saliyev respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning yengil atletika turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilardan biri.

U o‘zining sportdagi faoliyati davomida ko‘plab xalqaro musobaqalarda samarali ishtirok etib bir qancha faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, 2009 yil o‘smirlar o‘rtasidagi Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida 100m, 400m yugurish va uzunlikga sakrash bo‘yicha ishtirok etgan.

2010 yil Xitoyning Guanjou provintsiyasida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida uzunlikka sakrashda va 4x100m masofaga estafeta yugurish musobaqalarida 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

2011 yil Turkiyaning Antaliya shahrida zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Jaxon o‘yinlari musobaqasida uzunlikka sakrash, uchxatlab sakrash baxslarida qatnashib finalgacha yetib kelgan. Shu yili Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda uchxatlab sakrashda 1-o‘rin oltin medal va uzunlikka sakrashda ham 1-o‘rin oltin medalga sazovor bo‘lgan.

2012 yil fevral oyida Tunisda o‘tkazilgan xalqaro turnirda uchxatlab sakrashda 1-o‘rin oltin medal va uzunlikga sakrashda ham 1-o‘rin oltin medal sohibi bo‘lgan. Shu yil Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tkazilgan navbatdagi Paralimpiya o‘yinlarida 7-o‘rinni egallagan.

2013 yil Frantsiyaning Lion shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Jaxon chempionatida uch xatlab sakrash bo‘yicha 2-o‘rin kumush medalini qo‘lga kiritgan.

2014 yilning fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada uzunlikka sakrashda 2-o‘rin kumush medal, oktyabr oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida 4x100m estafetada yugurish bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘lgan.

2016 yilning mart oyida Tunisning Tunis shahrida bo‘lib o‘tgan Yengil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-Pri turnirida uzunlikka sakrashda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib oltin medalga sazovor bo‘lgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinni egallab terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit