Sarimsoqov Toshmuhammad Aliyevich


804

Tug‘ilgan sana: 1915 Sentyabr 4
Vafot etgan sana: 1995 Dekabr 18
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1947 – 1952-yy.) О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943-y.). Fizika-matematika fanlari doktori, matematik-olim, Mehnat Qahramoni (1990-y.), О‘zbekiston Fanlar akademiyasi asoschilaridan biri, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi 1915-yil 4-sentabrda Andijon viloyatining Shahrixon qishlog‘ida tavallud topgan. 1995- yil 18-dekabrda vafot etgan. Toshkent shahrida dafn etilgan. О‘ZSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960-y.) Fan va texnika sohasida SSSR Davlat mukofoti laureati (1948-y.) Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1967-y.) О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (О‘ODU, 1936-y., hozirgi О‘zMU). Mehnat faoliyati davomida О‘ODUda assistent, dotsent, kafedra mudiri, О‘ODU va ToshDU rektori, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezidenti, О‘zSSR oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri, О‘zR FA prezidenti maslahatchisi bo‘lib va О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan. 170 dan ortiq ilmiy ish, shuningdek 8 ta monografiya muallifi. 10 fan doktori va 50 ta fan nomzodini tayyorlagan. 2002-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan sо‘ng).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit