Savitskiy Igor Vitalyevich


2210

Tug‘ilgan sana: 1915 Avgust 4
Vafot etgan sana: 1984 Iyul 27
Tug‘ilgan joyi: Kiev
Yo‘nalishlar: Rassomlar

Savitskiy Igor Vitalevich (1915.4.8, Kiyev— 1984.27.7, Nukus) — grafik rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964), Qoraqalpog‘iston xalq rassomi (1974).

Moskva rassomlik institutini tugatgan (1946). Savitskiy ijodi badiiy tasvir uslubining dadilligi, bo‘yoq qatlamini dag‘al yotqizilishi bilan ajralib turadi; oqish ranglar uyg‘unligi (jigarrang, qovoq hamda sabzi rang va b.)ni afzal ko‘rgan rassom asarlarida janub tabiati, Qoraqalpog‘iston manzaralari o‘zining yorqin aksini topgan: «Oq qal’a. Umumiy ko‘rinish» (1954); «Qoraqumda», «Chimboy oqshomi», «Kegeyli kanali» — hammasi 1956; «Qayrag‘ochlar» (1959) va b.

Savitskiy asarlari O‘zbekiston san’at muzeyi, O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Qoraqalpog‘iston san’at muzeyida saqlanadi. Rassomning sa’y harakatlari natijasida tashkil topgan Qoraqalpog‘iston san’at muzeyiga Savitskiyning nomi berilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti laureati (1983). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2002).

Igor Vitalevich Savitskiy 1915 yil Kiyevda, huquqshunoslar oilasida tug‘ilgan. Uning otasining ajdodlari polshalik va yahudiylarga borib taqaladi. Onasi tarafdan bobosi - Timofey Dmitriyevich Florinskiy Kiyev universiteti professori, Rossiya fanlar akademiyasi korrespondenti, ko‘plab tadqiqotlar muallifi, o‘zing ilmiy maktabini yaratgan olim hisoblanadi.

Savitskiy yoshligida yaxshi ta’lim olgan, u frantsuz tilida erkin so‘zlashar edi. Uning ota-onasi Yevropa bo‘ylab Frantsiya, Avstriya, Germaniya kabi davlatlar ko‘plab safarlarga borishardi va natijada bu shaharlardagi yangiliklar, madaniyatlar va o‘zgarishlar haqida o‘g‘liga so‘zlab berishardi. Shu tariqa unda noyob fantaziya yoshligidan shakllanib borgan.

1920 yildagi inqilobdan so‘ng, Igor Savitskiy ota-onasi bilan Moskvaga kuchib keladi, bu yerda rassomchilikka qiziqishni boshladi. U «Serp i molot»(Uroq va bolg‘a) fabrika-zavodi bilim yurtida elektr ta’minotchi mutaxassisligida o‘qishi bilan birgalikda Rassomlar R. Mazel va Ye. Saxnovskiylardan rasm chizish bo‘yicha saboq ham olgan.

U 1934 yildan Moskva Matbaa institutining grafik bo‘limida o‘qishni boshlab, keyinchalik Moskva rassomchilik bilim yurtida davom ettiradi. 1938-1941 yillari u Rassomchilar malakasini oshirish institutida o‘qiydi va shu kezlari Qrim va Kavkaz davlatlarida safarda bo‘ladi.

Savitskiy 1941 yilda Surikova nomidagi Moskva Davlat Rassomchilik institutiga o‘qishga kiradi. U kasalligi tufayli armiya xizmatiga jalb qilinmagan va 1942-1944 yillar instituti bilan Samarkandga evokuatsiya qilingan. U bu yerda birinchi marta O‘rta osiyo xalqlarining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati bilan tanishadi hamda mashhur rassomlar Robert Falk va Konstantin Istomindan rasm chizish sir-asrorlarini o‘rganadi.

U 1946 yili Surikova nomida Rassomchilik institutining grafika fakulteti “ofort” mutaxassisiligi bo‘yicha ta’lim olib tugatadi.

1950 yili T. A. Jdanko taklifiga binoan O‘rta osiyoga Qoraqalpog‘istonga keladi, bu yerda u SSSR Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiya fanlar akademiyasida ishlaydi va qoraqalpoq xalq amaliy san’atini o‘rganadi.

Ish faoliyati davomida Savitskiy rassom sifatida Qoraqalpoqning ko‘plab ovullarida bo‘lib ularning xalq san’atini o‘rgangan va unda shu tariqa bu xalqqa nisbatan mehri jo‘shib Amudaryo cho‘llarida yashab ijod qiluvchi barcha xalqlarning hayot ijodini tadqiq qilishga kirishib ketadi.

1956 yili Igor Vitalevich Qoraqalpog‘istonga doimiy yashash uchun ko‘chib keladi, u arxelogik topilmalari, ilmiy tadqiqotlari, qoraqalpoq xalqining etnografik san’ati, qadimiy me’roslarini jamlab Nukusda shahrida muzeyga asos soladi.

Shu yildan boshlab u Qoraqalpoq iqtisodi va madaniyati ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. U 1959 yildan Qoraqalpoq tarixi, ona tili va adabiyoi institutida faoliyat yuritgan.

U 1984 yil 27 iyul kuni uzoq muddatli bemorligi sababli Moskvadagi kasalxonada olamdan o‘tadi.

Igor Savitskiy Nukus shahridagi rus qabristoniga dafn etilgan.

Uning eng ezgu ishi o‘zi tomonidani yaratilgan Nukus shahridagi muzeyi bo‘lib tarixda muhrlanib qolgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit