Sergeyev Vyacheslav Alekseyevich


124

Tug‘ilgan sana: 1961 yil
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Sergeyev Vyacheslav Alekseyevich- Akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe) bo‘yicha oliy toifali murabbiy hamda milliy terma jamoa murabbiyi.

U 1961- yili Tashkent shahrida tavallud topgan. Bolaligida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha shug‘ullangan. Avvliga futbol, keyinchalik o‘smirlar jamoasida hokkey bilan shug‘ullangan. Barchasi tasofid tufayli ro‘y berdi, deb xotirlaydi. 1975- yilda u o‘qib yurgan maktabga Viktor Filimonov eshkak eshish sporti bo‘yicha murabbiy bo'lib ishga keladi va sinfdagi barcha bolalarni akademik eshkak eshish sporti to‘garagiga taklif etadi.

Mendan boshqa barcha bolalar borishdi, faqat men bormadim. Ancha vaqt o‘tgandan so‘ng, o‘smirlik qiziqishlarim ustunlik qilib, sinfdosh do‘stlarimni kuzatish uchun mashg‘ulot jarayonini ko‘zdan kechirdim. Jarayonini kuzatish vaqtida men o‘z qarorimni qabul qildim, deydi Sergeyev. Mashg‘ulot o‘tayotgan 15 nafar bolalar orasidan faqatgina Sergeyev shu sport turiga hayotini bag‘ishladi.

1980- yili Sergeyev Baydarka va kanoe bo‘yicha “Sport Ustasi” unvonini oldi.

1978- yilda O‘zbek Davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kirdi. Institutni tugatgach, 1982 -yilda «Burevestnik» Jismoniya tarbiya va sport jamiyatiga ishga kirdi. Huddi shu yilning noyabr oyida harbiy xizmatni o‘tashga ketdi. Harbiy xizmatni o‘tab 1,5 yildan so‘ng yana «Burevestnik» jismoniya tarbiya va sport jamiyatiga murabbiy bo‘lib ishga keldi.

Akademik eshkak eshish (baydarka va kanoe) bo‘yicha milliy terma jamoaning murabbiyi bo‘lishi bilan bir qatorda u Respublika Olimpiya zahiralari maktabida ham o‘z faoliyatini olib bordi.

2006-2010 yilarda Sergeyev o‘smirlar jamoasining katta murabbiyi lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Respublika olimpiya zahiralari maktabida u milliy terma jamoaga munosib shogirdlar tayyorladi. Tan olib aytish kerakki, milliy terma jamoada u yetishtirgan sportchilar talaygina. U o‘zining munosib shogirdlari bilan 2010- yili Osiyo o‘yinlari musobaqasida qatnashdi. Aynan shu jamoa “oltin”( kanoeda -1000 metrga suzish bo‘yicha 4 nafar erkaklardan iborat) medalni, “kumush”(kakoeda - 200 metr, ikki nafar erkakdan iborat) medalni va A.Mochalov bronza medalini vatanimizga taqdim etdi.

Tabiiy holki, bugungi kunda mahoratli sportchilar Sergeyevning eng yaqinlari, shu bilan birga farzandlarihamdir. Uning shogirdi Dina Baytasova hozirda murabbiy bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, uning qo‘l ostidagi iste’dodli tarbiyalanuvchilarni Sergeyev hazil aralash mening “nabiralarim” deya tilga oladi.

Sergeyev 2007 - 2010- yillar davomida ayollar terma jamoasida ham faoliyat olib bordi. 2009- yili uning qo‘l ostida tarbiyalanuvchi shogirdlari Osiyo o‘yinlarida oliy sifatli medalni qo‘lga kiritishdi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Vyacheslav Sergeyev Respublika va Xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ko‘plab chempion va sovrindorlarni yetishtirdi. Ular orasida : N. Pishulina- Osiyo o‘yinlari sovrindori (2002), D. Strijkov- Osiyo o‘yinlari sovrindori (2002), O. Umaraliyeva - Osiyo chempionati sovrindori (2005), M. Mexeda- Osiyo chempioni (2009), M. Van- Osiyo chempionati sovrindori, A. Mochalov- o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempioni(2009), A. Pekut- o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni (2009).

Vyacheslav Sergeyev murabbiylik faoliyatida jamoa bo‘lib ishlashni afzal ko‘radi. Uning favoriti yo‘q. Uning prinsipial pozitsiyasi ham shunda. Sergeyevning tamoyillariga ko‘ra, agar sporchi iqtidorli bo‘lsa, u albatta lider bo‘la oladi. U aniq natijani ko‘rsatish uchun, tajriba-sinovdan o‘tkazishni yoqtiradi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit