Sharipov Mirali


1214

Tug‘ilgan sana: 1987 Oktyabr 30
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Mirali Sharipov 1987 yil 30 oktyabr kuni tug‘ilgan — o‘zbek sportchisi. O‘zbek dzyudochisi, yarim-engil vaznda kurashgan. Jahon Kubogi ikki karra chempioni va dzyudo bo‘yicha Chedju, Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Osiyo-2008 o‘yinlari bronza medali sohibi.

Sharipov Pekinda 2008 yil bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan va erkaklar o‘rtasidagi yarim-engil vaznlilar toifasi kurashgan (66 kg.). U dastlabki o‘yinda ispaniyalik Oskar Penasni va jazoirlik Munir Benamadini yenggan, undan keyin chorak finalda yaponiyalik Utisiba Masatolarga yutkazgan. Uning raqibi final o‘yinlarida ilgarilab ketganligi uchun Sharipov bronza medali uchun kurashgan va eronlik Arash Mirismayel hamda yunonistonlik Axen El-Xadilarni hal qiluvchi janglarda yengadi.

Mirali Sharipov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Osiyo chempionatlari
Bronza 2008 Jeju, Janubiy Koreya 66 kg

Bronza 2016 Toshkent 73 kg
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit