Sharipov Shirin Xomitovich


1220

Tug‘ilgan sana: 1989 Dekabr 18
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2014 yil 2 yanvardan Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

U 18.12.1989 yil Buxoro shahri, Romiton tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Shirin Sharipov 2011 yil Buxoro davlat universiteti (kunduzgi)ni tamomlagan.

Sh.Sharipov respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning dzyudo turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U o‘zining sport sohasidagi faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Jumladan, 2014 yilning sentyabr oyida AQSh, Kolorado-Springsda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jaxon Chempionatida -100 kg vaznda 2-o‘rin kumush medali, oktyabr oyida Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida o‘tkazilgan Para Osiyo o‘yinlarida -100 kg vaznda 3-o‘rin bronza medali sohibi bo‘lgan.

2015 yilning fevral oyida Vengriyaning Eger shahrida o‘tkazilgan Jaxon Kubogida -100 kg vaznda 1-o‘rin oltin medal,.may oyida Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan IBSA Jahon o‘yinlarida -100 kg vaznda 1-o‘rin oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2016 yilning mart oyida Rio-de-Janeyroda (Braziliya) o‘tkazilgan Halqaro turnirda -100 kg vaznda 3-o‘rin bronza medali, 2016 yilning may oyida Xitoyning Pekin shahrida o‘tkazilgan IBSA Halqaro turnirida -100 kg vaznda 1-o‘rinni oltin medaliga egalik qildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinni egallab terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit