Shavkat Raxmon


2014

Tug‘ilgan sana: 1950 Sentyabr 12
Tug‘ilgan joyi: O`sh
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar, Adabiyotshunoslar

Iste’dodli shoir Shavkat Rahmon taniqli ispan shoiri Lorkaning go‘zal she’rlarini rus va ispan tillaridan tarjima qilib, o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy dunyosini boyitishga o‘z hissasini qo‘shgan.

Tarjimai hol

Iste’dodli shoir Shavkat Rahmon 1950 yilning 12 sentyabrida O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

1966 yilda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishlaydi.

1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga ko‘chib kelib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul xodim bo‘lib ishlaydi. U shoir sifatida o‘zining takrorlanmas ovozi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi.

U uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan keyin 1996 yil kuzida olamdan o‘tdi. Shoirning dastlabki she’rlari O‘sh viloyat gazetalarida bosiladi.

Faoliyati

Birinchi she’riy to‘plami «Rangli lahzalar» (1978). Shoirning «Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq tog‘lar» (1986), «Hulvo» (1988) kabi bir qator she’riy to‘plamlari bosilib chiqadi.

Shoirning o‘z qo‘li bilan tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan «Saylanma» to‘plami (1997)ni ko‘zdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara asarlari qatorida xastalik damlarida bitilgan she’rlarga ham duch kelasiz.

Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Lorkaning go‘zal she’rlarini rus va ispan tillaridan tarjima qilib, ikki marta nashr ettiradi (1979-1989) va o‘zbek o‘quvchisining ma’naviy dunyosini boyitishga hissasini qo‘shgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit