Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon


671

Tug‘ilgan sana: 1858 yil
Vafot etgan sana: 1957 yil
Tug‘ilgan joyi: Сайрам
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

Sovet davrida «O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi» nomida idora jami qirq to‘qqiz yil faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan qirq yetti yili davomida ota-o‘g‘il-nabira Boboxonovlar rahbarlik qilishgan. Bu sharafli sulola haqida alohida to‘xtalmasak bo‘lmaydi.

Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1858-1957), muftiylik davri 1943-1957 yillar

Eshon Boboxon diniy ta’limotlarni avval otalari Abdulmajidxon ibn Yunusxondan, so‘ng mashhur olim Bahodirxon Maxdumdan, keyin o‘n ikki yoshda Buxorodagi Mir Arab madrasasida domla Ikromchadan,

Saroytosh madrasasida Oxunjon Oxundan, Ko‘kaldosh madrasasida Miyon Molik Maxsumiydan va livanlik mashxur muhaddis Said Ali Zohiriy Vitriy Madaniydan olganlar. So‘ngra Mo‘yi Muborak madrasasida talabalarga ilm berganlar. «Tilla Shayx» masjidida imom-xatib bo‘lib xizmat qilganlar. 1912 yilda birinchi haj safariga borganlar. Dinga qarshi sobiq tuzum zamonida «Ruhoniy ulamolar rahbari», deb Eshon Boboxon hazratlari ikki marta qamaladilar (1937 y. va 1941 y.).

Ikkinchi jahon urushi ayni qizigan pallasida, ya’ni 1943 yili sovetning dinlarga munosabati sal yumshab, jumladan, mamlakatda yashovchi musulmonlar uchun bir rahbar tashkilot ochishga izn berdi. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy boshqarmasi shu tarz tashkil bo‘ldi. Birinchi qurultoyda Eshon Boboxon nazorat raisi va muftiy etib saylandilar. Bu lavozimda to 1957 yilga (vafotlariga) qadar sidqidildan xizmat qildilar. Idora uchun o‘z hovlilarini berib qo‘ydilar. Asrlar ichida ota-bobolaridan to‘planib kelgan nodir kitoblarni diniy nazoratga tortiq etib, kutubxona ochdilar.

1945 yildan diniy nazorat Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator musulmon davlatlari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatadi. Sovet Ittifoqi musulmonlarining haj safariga borishiga yo‘l ochiladi. U kishining tashabbuslari bilan 1946 yili Buxoroda Mir Arab madrasasi qayta ochiladi.

Hazrat sakson yildan ortiqumrlarini Islom dininingtarg‘ibotiga bag‘ishladilar. Qur’oni karim va hadis ilmlarini juda yaxshi bilar va farzandlari ham kelajakda Islom dini targ‘ibotchilaridan bo‘lishini orzu qilar edilar.

Eshon Boboxon ajdodlari hijriy 150 yili Shomi sharif (Suriya)dan Isfijob (hozirgi Sayram)ga kelib o‘rnashib qolgan mashhur arboblardan bo‘lishgan. Bu haqda to‘qqiz joyiga Yusufxo‘ja Ali ibn Nosiriddin Marhumiy ismli qozining muhri bosilgan vasiqa (shajara) avlodlarida saqlanib qolgan.

Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon 1957 yili vafotlaridan keyin O‘zbekiston hukumatining ruxsati bilan Qaffol Shoshiy maqbarasi orqa tomoniga dafn etilganlar.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit