Shokin Dmitriy


1639

Tug‘ilgan sana: 1992 May 30
Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Dmitriy Aleksandrovich Shokin 1992 yil 30 may kuni O‘zbekistonda tug‘ilgan

2011 y. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2011 y. - Taekvondo bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi

17 may kuni Chelyabinskda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida taekvondo sport turi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lib, O‘zbekiston tarixiga muhrlanib qolgan. Aynan shu yerda 23 yoshli Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritib, o‘zining vazni doirasida (86 kg dan ortiq) jahon tarixida taekvondo (WTF) bo‘yicha ilk chempion bo‘lgan. Hozirda u birinchilikni nafaqat olimpiya reytingida, balki jahon miqyosida ham egallab turmoqda.

2015 yil Shokin Australian Open, Butun jahon universiadasi XXVIII (Kvandju, Janubiy Koreya), “Korea Open”da birin-ketin oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Avgust oyida esa Moskva, Turkiya, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan Gran-prilarda ham juda katta muvaffaqiyat bilan ishtirok etgan. “Kazakhstan Open”dan qaytgach, u dekabr oyida Meksikada (Hal qiluvchi Gran-pri hamda Jahon Kubogi) bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga faol harakatini boshlab yuboradi. Hozirgi vaqtda mavjud 10 medaldan o‘ntasini ham qo‘lga kiritgan bo‘lib, ulardan sakkiztasi oltin va ikkitasi bronza medallaridir.

2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit