Shturbabin Andrey


1142

Tug‘ilgan sana: 1972 May 30
Tug‘ilgan joyi: O'zbekiston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1972 yilning 30 mayida tug'ilgan. Dzyudo bo'yicha O'zbekistonning etti karra chempioni. Italiya va Yaponiyada o'tgan Gran-pri halqaro turnirlar g'olibi. "Shuxrat" medali bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol 

Andrey Shturbabin respublika olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtida ta'lim olgan. 1994 yildan buyon o'z vazni bo'yicha mamlakat chempionligini hech kimga bermay kelmoqda.

1996 yildan boshlab xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozona boshlagan. Yirik xalqaro turnirlarda g'olib chiqib, Atlantada o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan va dunyoning qirkdan ziyod mamlakatlari vakillari orasida faxrli ettinchi o'rinni egallagan.

Andrey o'sha yili Italiyada o'tgan nufuzli Gran-pri turnirida g'alaba qozongan. 1997 yili harbiylar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo'lgan. 1998 yili Tailantda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida bronza medali bilan taqdirlangan. 1999 yili Yaponiyada Gran-pri musobaqasida yana shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 2000 yili Osiyo chempionati bronza medalini qo'lga kiritgan. 2001 yili Fransiyada Gran-pri halqaro turnirida shohsupaning ikkinchi pog'onasini ishg'ol etgan.

Bugungi kunda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi sanaladi. 2016 yil Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindorlari Diyorbek O‘rozboyev va Rishod Sobirovlarning murabbiysi hisoblanadi.

2016 yil Andrey Shturbabin "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit