Siddiqiy Ajziy


634

Tug‘ilgan sana: 1864 yil
Vafot etgan sana: 1927 yil
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Shoirlar, Tarjimonlar, Yozuvchilar

Ajziy (taxallusi; asl ismi Saidahmad Hasanxo‘ja o‘g‘li Siddiqiy) (1864 — Samarqand — 1927) — ma’rifatparvar shoir, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1926).

Tarjimai hol 

Siddiqiy Ajziy (1864—1927) Siddiqiy Ajziy 1864 yilda Samarqandning Halvoi qishlog‘ida tug‘ilgan. Madrasa ta’limini olgan.
Samarqand, Buxoro madrasalarida o‘qigan. Arab, fors, ozarbayjon tillarini mukammal bilgan. Keyinroq rus tilini ham o‘rgangan. 1901—03 yillarda Kavkaz, bir qator Arab mamlakatlari va Rossiyaga sayohat qilgan. Jiddada ma’lum muddat rus elchixonasida tarjimon bo‘lgan. Samarqandga qaytgach, shahar yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida yangi usuldagi maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan.

1901—1903 yillarda Kavkaz, bir qator Arab mamlakatlari va Rossiyaga sayohat qilgan. Jiddada ma’lum muddat rus elchixonasida tarjimon bo‘lgan. Samarqandga qaytgach, shahar yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida yangi usuldagi maktab ochib, o‘qituvchilik qilgan. L. Tolstoy hikoyalarini, Krilov masallarini, Gogolning „Shinel“ povestini o‘zbek va tojik tillariga tarjima qilgan.

U keng ommani ma’rifatga boshlash, haq-huquqini anglatishni adabiyotning bosh mavzui deb bildi. Millatni o‘z ahvolini anglashga, dunyo bilan barobar yashamoqqa chaqirdi.

Siddiqiy 1919 yilda Samarqand viloyati adliya bo‘limi mudirining o‘rinbosari, keyinroq esa bo‘lim mudiri bo‘lib ishladi.
Shoir adabiy merosi professor B. Qosimov tomonidan to‘planib, nashr qilingan. «Ayn ul-adab» («Odob ko‘zi», Samarqand, 1916, o‘zbekcha), «Ganjinai hikmat» («Hikmat xazinasi», Samarqand-Toshkent, 1914, tojikcha) she’riy to‘plamlari, «Mir’oti ibrat», «Anjumani arvoh» kabi poemalari, publitsistik maqolalari, Gogol «Shinel»i tarjimasi, hikoyalari ijodining serqirraligidan dalolat beradi. She’rlari Kavkazda «Mulla Nasriddin», «Dirilik» jurnallarida bosilgan.

S. Ajziyning 1903 yilda Halvoyida ochgan maktabiga 1922 yildan yana asl kasbi muallimlikka qaytdi. 

1926 yilning qish oylarida Ajziy og‘ir dardga duchor bo‘ladi va tez orada 1927 yilda Samarqandda vafot etdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit