Sobir O‘nar


1280

Tug‘ilgan sana: 1964 Fevral 25
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

Yozuvchi, tarjimon, iqtidorli publitsist Sobir O‘nar o‘ziga xos kuzatishga, o‘ziga xos tuyg‘ularga, o‘ziga xos tilga ega iste’dod sohibidir.  Sobir O‘nar 1964 yilning 25 fevralida Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan.

Sobir O‘rta maktabni 1981 yilda tamomlab, o‘sha yili hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan.1986 yildan boshlab «Yoshlik» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir vazifalarida ishlab keladi.

Yozuvchi mazkur asarlari uchun 1993 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Sobir O‘narning 1996 yili «Yoshlik» jurnalida e’lon qilingan «Shaffof manzil» qissasi uning fikr doiralari kengayayotganini ko‘rsatdi. Yozuvchining bugungi kun ruhi bilan sug‘orilgan «Chambilbelning oydalasi», «Mangu yoshlik», «O‘g‘rilar» qissalari chop etilish arafasida turibdi. Sobir O‘nar tarjimon sifatida rus, turk, qozoq, qoraqalpoq adiblarining talay asarlarini ona tilimizga o‘girgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit