Sobirov Rishod Rashidovich


2169

Tug‘ilgan sana: 1986 Sentyabr 11
Tug‘ilgan joyi: Buxoro viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Rishod Sobirov 1986 yil 11 sentyabrda Buxoro viloyati Jondor tumani Burbog‘i qishlog‘ida tug‘ilgan. U o‘zbek dzyudochisi, ikki karra jahon chempioni, 2008 yilgi Pekin va 2012 yilgi London olimpiadalari bronza medali sohibi hisoblanadi.

U 11 yoshidan Rustam Turayev qo‘l ostida dzyudo sporti bo‘yicha shug‘ullangan. Keyinchalik uni jahon musobaqalariga Furqat Soliyev va Boris Grigorev tayyorlagan.

U o‘zining birinchi g‘alabasini 2006 yili Tayvanda o‘tkazilgan Osiyo yoshlari o‘rtasidagi jahon sporti arenalarida qo‘lga kiritgan va o‘shanda birinchi o‘ringa sazovar bo‘lgan. Bir yildan so‘ng u kattalar o‘rtasida ikkinchi o‘rinniegallagan.

Rishod Sobirov 2008 yili mamlakat chempioni bo‘ldi va olimpiya terma jamoasiga qabul qilindi. Shu yili Pekin olimpiadasida 60 kg vazngacha bo‘lgan bahslarda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu bilan bir qatorda u Buxoro davlat universitetining Jismoniy tarbiya fakultetini ham a’lo baholar bilan tamomladi.

2010 yil Tokio shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida u oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bir yildan so‘ng Parijda ushbu g‘alabasini takrorladi.

2012 yili Sobirov Londondagi olimpiada o‘yinlarida 60 kg vaznda rus dzyudochisi Arsen Galyastyanga imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi.

U shuningdek, Qozon shahrida butunjahon universiadasi qatnashchisi hisoblanadi. 2013 yili Braziliyadagi jahon chempionatida 66 kg vaznda shoh supaga tushgan va ushanda Britaniyalik Kolin Oetsuga imkoniyatni boy bergan.

2014 yili Chelyabinskda o‘tgan jahon chempionatida 66 kg gacha vaznda 1/4 finalda frantsuz Lois Korvaladan yutqazgan.

Rishod Sobirov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Braziliyada bo‘lib o‘tgan XXXI Yozgi Olimpiada o‘yinlarining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasiga ikkinchi medal qo‘lga kiritildi. Bronza medalini olgan Rishod Sobirov Olimpiada o‘yinlarida uch karra bronza sovrindori bo‘ldi, uning hisobiga 4 yillik 2008 yil Pekin va 2012 yil Londonda kiritgan meddalarni misol keltirish mumkin. Agar avvalgi o‘yinlarda 60 kg vazn toifasidagilar bilan tushgan bo‘lsa, bugungi kunda u 66 kg vazn toifasidagilar bilan maydonga tushdi..

Saralash o‘yinlarida Belorusiya vakillari Dmitriy Shershanya va Aruba Xaym Matlar ustidan g‘alaba qozonib, chorak finalda Rishod Sobirov Janubiy Koreyadan kelgan An Ba Ulga yon berdi. Keyin Dominika Respublikasi sportchisi Mateo Vander va sloveniyalik Andrian Gombok ustidan g‘alaba qozondi.

«Bu g‘alabani O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlayman», — deb aytadi Rishod Sobirov.

Sportda erishgan yutuqlari

Musobaqalar Oltin Kumush Bronza
Olimpiya o’yinlari 0 0 3
Jahon chempionati 2 0 1
Jahon kubogi / Gran-Pri / Katta dubulg’a 10 4 1
Osiyo chempionati 1 1 2
Osiyo chempionati(U20) 1 0 0

Medallari
Dzyudo
Olimpiyao’yinlari
Bronza Pekin 2008 60 kg gacha
Bronza London 2012 60 kg gacha
Bronza Rio de Janeyro 66 kg gacha
Jahon chempionati
Oltin Tokio 2010 60 kg gacha
Oltin Parij 2011 60 kg gacha
Bronza Ostona 2015 60 kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Quvayt 2007 60 kg gacha
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit