Sohibnazarov Nasrullo


1473

Tug‘ilgan sana: 1944 Yanvar 9
Tug‘ilgan joyi: Tojikiston
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Usta Nasrullo Sohibnazarov xalq amaliy hunarmandchiligida dong‘i ketgan ustalardan biri hisoblanadi. U O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha tanishadi va hurmat qilishadi. Nasrullo Sohibnazarov ta'mirlovchi ustalarning oltinchi avlodidir. Usta Nasrulloni bilgan odamlar u yog‘ochdan hamma narsa yaratishi mumkin deb aytishadi. Darhaqiqat, u shundaylar toifasiga kiradi.

Tarjimai hol

Sohibnazarov Nasrullo 1944 yil 9 yanvarda Tojikistonning Romit tumanida tug‘ilgan - yog‘och o‘ymakori. O‘zbekiston xalq ustasi (2002). 1958 yildan Samarqand tumani “O‘zbekiston “ jamoa xo‘jaligida quruvchi, 1967 yildan Samarqand maxsus ilmiy ta'mirlash - ishlab chiqarish ustaxonasida yog‘och o‘ymakori. Sohibnazarov an'anaviy o‘ymakorlik sirlarini o‘rganib malakasini oshirib bordi. U Tillakori madrasa, “Registon” mehmonxonasi, Sadriddin Ayniy uy-muzeyi va boshqa binolar uchun o‘yma bezakli eshiklar tayyorlagan.

Nasrullo Sohibnazarovning yog‘ochdan ishlangan shuniday ajoyib ishlari borki, ular an'anaviy yog‘och ustunlari iborat. Bu san'at ishlarining o‘ziga xosligi shundaki, yog‘och stalaktitlariga biriktirilganidir. Bunday san'at asarini yaratilishiga 600 ga yaqin turli detallardan foydalangan. Bu yerda gap usta san'atining boshqalarga o‘xshamaydigan jihati haqida ketyapti. U Samarqandda birinchi marta yog‘ochga ishlov berishni shakllantirish usulini qayta tiklashni boshlagan.

Darhaqiqat, bunday yog‘ochga ishlov berish bezaklari avval ham bor edi. Biroq ustaning so‘zlariga qaraganda, bu kabi yog‘ochga ishlov berishni shakllantirish Samarqandda so‘nggi bor 100 yil oldin yuz bergandi... Masalan, bunday namunalarni Xo‘ja Ahror Valiy maqbarasida uchratish mumkin. Sovet davrida bu an'analar yo‘qolib va unutilib ketgandi. Mana bugungi kunda usta Nasrullo sharofati tufayli bunday madaniy yodgorliklar qayta tiklanmoqda.

Uning mumtoz ishlaridan yana biri Buxorodagi Abdumannon madrasasi eshiklarini qayta yog‘ochga ishlov berishni shakllantirish sanaladi. Bularni qayta tiklash uchun usta Nasrullo 11 yil ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Ish jarayoni nihoyatda nozik va bejirim bajarildiki, yog‘och o‘ymakorligi vaqtida ignadan ham foydalanildi.

Usta o‘zining uzoq o‘tmishdoshlari yaratgan ishga ehtiyotkorlik va hurmat nazari bilan nigoh tashlaydi. Buxorodagi Abdumannon madrasasining bitta eshigi tavaqasini birinchi ish asosida qayta tiklashga erishildi, lekin ikkinchi eshik tavaqasini ustaning o‘zi yasadi.

Madrasa va masjidlarga mo‘ljallangan ta'mirlash san'ati yoki eshiklarga yog‘och o‘ymakorligi naqshlarini bezash ishlarini olib borilayotganda faqatgina ustaning noyob qobiliyati emas, balki islom diniga bo‘lgan hurmatni yaxshi saqlay olishi kerak. An'analarga muvofiq, me'moriy inshootlar eshigini o‘rnatayotganda Muqaddas Qur'ondan oyatlar yoki Muhammad payg‘ambarimizning hadislari ko‘chirilgan bo‘ladi. Demak usta Islom dinidan xabardor bo‘lishi va arab yozuvlari va hattotlik san'atini o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. 

Tarixiy obidalarni qayta tiklashdek xayrli ishlarga noyob iste'dodi, mahorati va chuqur bilimi bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan O‘zbekiston xalq ustasi Nasrullo Sohibnazarov - ana shunday usta hunarmandlardan biri. Zero, uning Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Xoja Abdu Darun qadamjosi, Buxorodagi Bahovuddin Naqshband maqbarasi uchun yasagan naqshinkor ustunlari el nazariga tushib, soha mutaxassislariyu xorijlik mehmonlarni hayratga solayotgani bejiz emas. Shuningdek, Abu Mansur Moturidiy maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, poytaxtimizdagi O‘zbek milliy akademik teatri binolarining usta qo‘lida sayqal topgan eshiklari ham yog‘och o‘ymakorlik san'atining eng mukammal namunalari sifatida alohida ajralib turadi.

Ustaning o‘g‘illari Samadjon va San'atjonlar yoshligidan hunarmandchilikka qiziqib ulg‘ayishdi. Bugun ular otasining ishini davom ettirib, ushbu kasbning sir-asrorlarini mukammal o‘rganishmoqda. Masalan, Qo‘qon naqshlari yirik monumental, Toshkent maktabiniki esa mayda, nozik naqshlardan iborat. San'atjon Qo‘qon, Toshkent va Buxoro yog‘och o‘ymakorlik maktabi yo‘nalishlari asosida samarqandcha ajoyib kompozitsiya yaratib, nozik san'at asarlari sonini boyitmoqda.

Ayni chog‘da u O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a'zosi sifatida xalqaro yarmarka va anjumanlarda ham muntazam ishtirok etayapti.

Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston xalq ustasi Nasrullo Sohibnazarovning yog‘och o‘ymakorligidagi yuksak mahorati qadimiy an'analarimizni qayta tiklashga yordam bermoqda. Xususan, hunarmandlarimiz orasida uch qavatli eshik, deraza va darvozalar yasash uslubi deyarli unutilayozgan edi. Istiqlol sharofati, qolaversa, Nasrullo Sohibnazarovning ijodiy izlanishlari tufayli bu uslub yana ommalashdi.

Bugungi kunda Sohibnazarovlar sulolasi yuzdan ortiq shogirdlariga yog‘ochga ishlov berishning novda, pechakgul, oygul, barg-g‘uncha va to‘g‘ri chiziqli shakllaridan foydalanish sirlarini puxta o‘rgatishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, kelgusida ular safiga yana ko‘plab iqtidor sohiblari qo‘shilishidan, milliy hunarmandchiligimiz dovrug‘i bundan-da yuksalishidan dalolatdir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit