Sultonov Isajon Abduraimovich


607

Tug‘ilgan sana: 1967 Aprel 6
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati
Yo‘nalishlar: Shoirlar

Isajon Sulton (Sultonov Isajon Abduraimovich) 1967 yil 7 aprel kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Avazboy qishlog‘ida tug‘ilgan — yozuvchi.

Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ilk kitobi «Molba» 1990 yil nashr etilgan. 1997 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilinadi. Isajon Sultonning hikoyalari har xil badiiy-adabiy nashrlarda chop etiladi, jumladan, «Sharq Yulduzi», «Xalqlar do‘stligi» (Rossiya), «Rus dalasi» (Moldaviya), «Leksikon» (AQSH), «Kurgan Edebiyat» (Turkiya) va boshqalar. 2010 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy-adabiy jurnali “Sharq Yulduzi” nashriyoti tomonidan «Boqiy darbadar» romani chop etiladi. “Ozod” romani esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofotiga sazovor bo‘lgan (2012). «Oydin buloq» va «Kosa tagida nim kosa » hikoyalari “XX asr o‘zbek hikoyalari”dan joy olgan. «Munojot» (1990), «Boqiy darbadar» (2010), “Ozod” (2012), “Bog‘i Eram” (2015) kitoblari chop etilgan.

Toshkentda istiqomat qiladi.

Bibliografiya

  •  Isajon Sulton «Munojot». Hikoyalar,«CHo‘lpon» nashriyoti, 1990
  •  Isajon Sulton «Oydinbuloq» roman vahikoyalari, G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot, 1995
  •  Isajon Sulton «Boqiy darbadar», roman vahikoyalari, «O‘zbekiston» nashriyoti, 2011
  •  Isajon Sulton «Ozod», roman vaHikoyalari, «Sharq» nashriyoti, 2012
  •  Isajon Sulton «Bog‘i Eram», hikoyalari, "Sharq" nashriyoti, 2015.

Mukofotlari

  • "Ozod" romani uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofoti
  • "Güncel Sanat" jurnali mukofoti (Turkiya, 2015)
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit