Sutyagin Sergo Mixaylovich


1630

Tug‘ilgan sana: 1937 yil
Tug‘ilgan joyi: Moskva
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Toshkent, Samarqand, Dushanbe, Xiva, Qo'qon, Urganch, Olmaliq shaharlarida qurilgan qator yirik ma'muriy va turar joy binolari loyihalari S. Sutyaginning izchil va samarali ijodiy mehnatining mahsulidir."O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan me'mor" unvoni, Respublika Davlat mukofoti, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sohibi.

Таржимаи ҳол

Sergo Sutyagin 1937 yilda Moskvada tug'ilgan. 1960 yilda O'rta Osiyo Politexnika institutida arxitektura mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olib, O'zbek shaharsozlik institutida me'mor sifatida mehnat faoliyatini boshlagan.

S. Sutyagin uzoq yillardan beri shu institutning me'morchilik va qurilish bo'limida bosh me'mor bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda.

Qirq yillik samarali ijodiy faoliyati davomida Toshkent, Samarqand, Dushanbe, Xiva, Qo'qon, Urganch, Olmaliq shaharlarida qurilgan qator yirik ma'muriy va turar joy binolari loyihalarini tuzishda va ularni qurishda faol ishtirok etdi.

Toshkentdagi "San'at saroyi" binosi (1964), "Samarqand darvoza" ko'chasidagi "Samarqand" choyxonasi (1975), "Kosmonavtlar shoh ko'chasi" metro bekati, "San'at saroyi"ning 600 o'rinli kichik zali (1976), Otaturk ko'chasidagi "Arkada" savdo markazi (1997), Xiva shahridagi ma'muriy-jamoat markazi, tuman hokimiyati, mehmonxona, Beruniy muzeyi (1968-1973), milliy bank binolari (1968-1977), Dushanbe shahridagi kinokonsert zali (1967-1983), Qo'qon hahridagi musiqali drama teatri binosi (1987), Adabiyot muzeyi (1990), Toshkent, Olmaliq, Urgench va boshqa shaharlarda qad ko'targan turar joy binolari, stadionlar (1997 -1998) Sutyaginning izchil va samarali ijodiy mehnatining mahsulidir.

S. Sutyagin 1984 yilda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan me'mor" unvoniga, 1966 yilda Respublika Davlat mukofotiga, 1991 yilda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi. 1985 yilda Sofiya shahrida bo'lib o'tgan "Interarx" Umumjahon tanlovi va boshqa tanlovlarda sovrindor bo'lgan. U Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a'zosi (1997) hamda Qo'qon shahrining faxriy fuqarosi hamdir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit