Suyun Azim


1900

Tug‘ilgan sana: 1948 Fevral 22
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

Jahon Madaniyat va san'at akademiyasi a'zosi, Turkiya Yozuvchilar birligining diplomi bilan ham taqdirlangan shoir Azim Suyun. So'nggi yillarda chop etilgan «Saylanma» kitobiga turli davrda yaratilgan eng yaxshi she'rlari va «Sarbadorlar» dostoni kiritilgan. Unda zamon va zamondoshlar, tengdoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar taqdiri, orzu-intilishlari hayot ҳaqiqati darajasida ifodalanganligiga to'la ishonamiz.

Biografiya


Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma tog'lari etagiga joylashgan Quduqcha qishloqida tug'ilgan. Nakurt qishlog'ida Suyun bobosi tarbiyasida o'sib, ulg'aydi. Uning otasi Olim savodxon bo'lganiga qaramay, «quloq»ning o'g'li bo'lgani uchun qo'liga cho'ponlik tayog'ini olishga majbur bo'lgan. Yosh Azim cho'pon otasi ketida yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Shu narsa bo'lg'usi shoirning shakllanishiga ta'sir o'tkazgan.

«... Keyin askar bo'ldim, - deb yozadi u o'z tarjimai holida, - Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini bitirdim. G'afur Ғulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, O'zbekiston Davlat matbuot qo'mitasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «Xalq so'zi», «O'zbekiston ovozi» gazetalarida xizmat qildim. Ayni paytda «Guliston» jurnalining bosh muharririman.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi noibi bo'ldim. Peshonamni Mustaqillik yorug' qilgan shoirman! Jahon Madaniyat va san'at akademiyasi a'zosiman.

Faoliyati

She'rlarim, she'riy turkumlarim turk, ingliz, arab, rus, qozoq, tojik, qirg'iz, turkman, qoraqalpoq va boshqa tillarda chop etilgan. Shu paytgacha o'zbek tilida nashr etilgan to'plamlarim:
1. «Mening osmonim» - 1978.
2. «Zarb» - 1979.
3. «Zamin taqdiri» - 1981.
4. «Xayolot» - 1984.
5. «Ziyo yo'li» - 1986.
6. «Jazo» - 1987.
7. «Olis tonglar» - 1989.
8. «Kuyganim - suyganim» - 1994.
9. «Qora ko'zing sening» - 1994.
10. «Sarbadorlar» - 1994.
Shuningdek, 1992 yil Turkiya Yozuvchilar birligining diplomi bilan ham takdirlanganman».
So'nggi yillarda Azim Suyunning «Saylanma» (1995) kitobi chop etildi. Unga turli davrda yaratilgan eng yaxshi she'rlari va «Sarbadorlar» dostoni kiritilgan.
«Saylanma» bilan tanishar ekanmiz, unda zamon va zamondoshlar, tengdoshlar, nuroniy otaxon va onaxonlar taqdiri, orzu-intilishlari hayot ҳaqiqati darajasida ifodalanganligiga to'la ishonamiz.
Shoirning 1999 yili «Sharq» nashriyotida chop etilgan «O'zlik» kitobidan turli yillarda yozilgan maqolalar, suhbatlar, she'rlar, hikoyalar va tarjimalar o'rin olgan.
Shoirning yaqinda nashr etilgan «Ey do'st» nomli kitobi besh yuzta besh satrli she'rlardan tarkib topgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit