Svetkovskiy Oleg


1197

Tug‘ilgan sana: 1970 May 27
Tug‘ilgan joyi: Navoi
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1970 yilning 27 mayida Navoiy shaxrida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Osiyo-Okeaniya chempioni, Belgiyada o‘tkazilgan Gran-pri an’naviy turniri sovrindori. Markaziy Osiyo o‘yinlari g‘olibi. Oleg Svetkovskiy Osiyo-Okeaniya chempioni.

Tarjimai hol

Oleg yetti yoshidan boshlab suvda suzish bilan shug‘ullangan, keyinchalik u respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan trener V. Petrovdan suzish sirlarini o‘rgangan.

Navoiy shahridagi "Oltin suv" suzish markazida faoliyat ko‘rsatish bilan birga Oleg Svetkovskiy xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini himoya qilib keladi. U 1995 yili Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan, 1996 yili esa V Osiyo chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Oleg Svetkovskiy Osiyo-Okeaniya chempioni. Belgiyada bo‘lib o‘tgan an’anaviy Gran-pri kubogi sohibi, Markaziy Osiyo o‘yinlari shohsu-pasining eng yuksak pog‘onasiga ko‘tarilgan.

U suvda suzish bo‘yicha bir necha bor mamlakat rekordini o‘rnatgan, O‘zbekistonning qator chempionatlari g‘olibidir. Shu kungacha Oleg xalqaro musobaqalarda, respublika chempio-natlarida 94 ta oltin, kumush va bronza medali olishga muvaffaq bo‘lgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit