Tangriev Abdullo Tovashevich


551

Tug‘ilgan sana: 1981 Mart 28
Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1981 yilning 28 martida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo birinchiligi g‘olibi, Sidney olimpiadasi qatnashchisi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi. Abdulla 10 yoshidan boshlab dzyudo bilan shug‘ullangan.

Tarjimai hol
U keyingi paytda qaysi toifadagi musobaqada qatnashmasin, sovrindorlar qatoridan o‘rin olmokda. Abdulla 10 yoshidan boshlab dzyudo bilan shug‘ullangan. O‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklarida u ajoyib g‘alabalarga erishib, mutaxassislar nazariga tushdi, 1995 yildan boshlab u Chirchikdagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida murabbiy S.Murodasilov qo‘l ostida o‘z mahoratini oshirdi. Yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiliklari va xalqaro musobaqalarda (o‘z vazni va mutlaq birinchilikda) u katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

19 yoshli Abdulla Tangriyev Sidney olimpiadasiga borayotgan terma jamoa tarkibiga kiritildi. Olimpiya o‘yinlarida u ikkita bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Agar Abdulla vazni 100 kilogrammdan yuqori polvonlar musobaqasida qatnashganini hisobga olsak, bu g‘alabalar uning istiqboli porlokligidan dalolat beradi.

Darhaqiqat, Abdulla ko‘p o‘tmay Gonkongda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan Osiyo birinchiligida zafar quchdi.
XXI asr polvoni deb baholanayotgan Abdulla Tangriyev shu yil boshida Uzbekistan chempionatida 100 kilogrammdan yuqori va mutlak, vaznda qo‘shaloq g‘alabaga erishdi. U shunday g‘alabalar bilan 2004 yili Afinada bo‘ladigan olimpiadaga borishni niyat qilgan.

  • 1998-2003 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent Yong‘in xavfsizligi oliy maktabi talabasi
  • 2002-2012 yillarda - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
  • 2002-2013 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent Yong‘in xavfsizligi oliy maktabi o‘qituvchisi
  • 2013 yildan hozirgi kungacha - Yakkama-yakka kurash bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi dzyudo bo‘limi murabbiyi
  • 2014 yyildan hozirgi kungacha - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
  • Tanriyev Abdullo 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan
Olimpiya mukofotlari
Dzyudo (Erkak)

Olimpiya o'yinlari

Kumush Pekin 2008 100 kg gacha
Jahon chempionati
Bronza Аsaka 2003 mutlaq
Bronza Rio-de-Janeyro 2007 mutlaq
Bronza Rotterdam 2009 mutlaq
Mutlaq toifali Jahon chempionati
Oltin Tyumen 2011 mutlaq

Osiyo o'yinlari

Kumush Pusan 2002 mutlaq
Bronza Doha 2006 100 kg gacha
Bronza Inchhon 2014 100 kg gacha
Osiyo chempionati
Oltin Chezudo 2003 100 kg gacha
Bronza Olmata 2004 100 kg gacha
Oltin Toshkent 2005 100 kg gacha
Oltin Quvayt 2007 100 kg gacha
Oltin Chedjudo 2008 1100 kg gacha
Oltin Abu-dabi 2011 1100 kg gacha
Kumush Тoshkent 2016 100 kg gacha
Universiada
Oltin 2003 Tega 100 kg gacha
Oltin 2003 Tega mutlaq
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit