Tasmuradov ​Elmurod Zulipkarovich


1787

Tug‘ilgan sana: 1991 Dekabr 12
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Tasmuradov Elmurod Zulipkarovich 1991 yil 12 dekabr kuni tug‘ilgan — yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘zbek kurashchisi, Osiyo chempioni, Jahon chempionati g‘olibi.

1991 yil Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Qiziltu qishlog‘ida tug‘ilgan. 2012 yil Osiyo chempionatida kumush medali sovrindori bo‘lgan, Londondagi Olimpiya o‘yinlarida 16-o‘ringa sazovor bo‘lgan. 2013 yil Osiyo chempioni bo‘lgan va Jahon chempionatida bronza medali sovrindori bo‘lgan, 2014 yil ushbu natijani takroran amalga oshirgan.

Saralash bosqichida Elmurod isroillik Andrey Tsaryukni, sakkizinchi chorakda Shvetsiyalik Frunz Arutyunyanni, chorak finalda vengriyalik Peter Modosni yengan. Yarim finalda esa Janubiy Koreyalik Syungak Kim himoyasiga bas kela olmagan.

Uchinchi o‘rin g‘olibligini Bolgariyalik Ivo Angelovdan yutadi, keyingi kurashda boshqa bronza medali sovrindori gruziyalik Revaz Lashki bilan kurashadi.

Elmurod Tasmuradov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Rioda Elmurod (59 kg gacha) o‘z raqiblarini yengib, yarim finalda Kubalik Ismael Borreroga yengildi, natijada raqibi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun kurashda uning raqibi 26-yoshlik qirg‘izistonlik kurashchi Arsen Eraliyev bo‘ldi. Birinchi bosqichda Elmurod 5:0 hisobda yengdi, biroq ikkinchi bosqichda xatolikka yo‘l qo‘yib, raqibi Arsenning olti ochko bilan olg‘a ketishiga imkon yaratdi. O‘zbek jangchisi vaziyatni nazoratga olib, yana sakkiz ochkoni qo‘lga kiritdi va jangda g‘alaba qozonadi.

Yunon-Rim kurashchisi (Erkak)
Jahon chempionati
BronzaBudapesht 2013 60 kg gacha
BronzaТoshkent 2014 59 kg gacha

Kurash bo'yicha Osiyo chempionati

KumushKumi 201255 kg gacha
OltinDehli 201360 kg gacha
OltinOstona 201459 kg gacha
OltinDoha 201559 kg gacha
Olimpiya o'yinlari
BronzaRio de Janeyro59 kg gacha
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit