Tigiyev ​Soslan


1527

Tug‘ilgan sana: 1983 Oktyabr 12
Tug‘ilgan joyi: Vladikavkaz
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Soslan Tigiyev - Osetinlik erkin kurashchi sanalib, O‘zbekiston terma jamoasi uchun chiqadi. Pekin olimpiadasida kumush medali sovrindori, London Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan va bir qancha xalqaro turnirlar va Jahon Kubkasi g‘olibi hisoblanadi.

Tarjimai hol

1983 yil, 12 oktyabr Vladikavkazda Tigiyevlar oilasida egizak farzandlar dunyoga keldi. Soslan va Batraz degan ajoyib bolakaylar. Egizaklar doim birga vaqt o‘tkazardi va ko‘pincha to‘polonni do‘ppisini chiqarganmiz deya xotirlaydi o‘z bolalik chog‘ini Soslan.

Lekin ularning onasi bu sho‘x bolakaylarni sport seksiyalariga olib borganda, uni Taymuraz erkin kurash bilan shug‘ullanardi, shuning uchun egizaklarni ham shu sport turiga berishadi. Ularni sportning bu turiga olishmagandi, bir yarim yildan so‘ng muntazam erkin kurash shug‘ullanib turishadi, Olimpiya zahirasiga qabul qilinishadi.

1997 yil aka-ukalar yaxshi natijalarga erishishdi, ular sport erkin kurashi bo‘yicha jiddiy shug‘ullanishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishdi va muntazam sport bilan shug‘ullanishni boshlashdi.

Sport yo‘lidagi qiyinchiliklardan o‘tish Soslan uchun oson bo‘lmadi. Musobaqalarda qatnashayotganda bupgina jaorahatlar olishi natijasida bir necha marta yelka va oyog‘i operatsiya qilindi. Soslan bundan zarracha xavotirlanmadi, u yana sport bilan jiddiy shug‘ullanishni davom ettirdi. «Buni hammasi xarakterda bo‘lsa kerak, men so‘zimdan qaytmaydiganlar toifasidanman. Agar biror nimani oldimga maqsad qo‘ysam, maqsadim yo‘lida meni hech qanday jarohat to‘xtatolmaydi».

2006 yili Xitoydagi Jahon chempionatida Soslan bolgariyalik bilan kurash tushayotganda oyog‘ini jiddiy jarohatlab oladi, shunga qaramay u chempionatni davom ettiradi, raqibidan g‘alabani tortib olib, bronza medali sohibiga aylanadi.

Har qaysi sportchining maqsad yo‘li yuqori pog‘onaga chiqish - bu Olimpiada. Buni barcha sportchilar orzu qilishadi. 2007 yil Soslan Jahon Kubogi yetakchisiga aylanadi. 2008 yil u Xalqaro sport ustasi, 24 yoshli Soslan oltin medalga sazovor bo‘ladi. Shvetsariya saralash turniri qatnashib, Xitoy Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

U taniqli rossiyalik kurashchi Buvaysar Saytiyev bilan to‘qnash keladi. Lekin bu olishuv ikkala sportchiga ham oson bo‘lmadi, bir Soslanni qo‘li band kelsa, keyingisida durang natijaga erishardi. So‘ng u o‘z Ona vataniga kumush medalni qo‘lga kiritib qaytdi.

Yurtida uni o‘z yaqinlari, do‘stlari Soslanni olqishlash uchun tashrif buyurishdi. Bu g‘alaba uchun u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoniga ega bo‘ldi.

Pekindan erishgan g‘alabasidan keyin Soslan ozgina dam oldi, so‘ng yana tinimsiz sport bilan shug‘ullandi. 2009 yil aprel oyida Toshkentdagi Gran-prida bronza medalini qo‘lga kiritdi, keyinchalik Bakuda Golden Grand Prix oltin medalga sazovor bo‘ladi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit