To‘lyakov Timur


910

Tug‘ilgan sana: 1975 Fevral 11
Tug‘ilgan joyi: Turkmaniston
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1975 yilning 11 fevralida tug‘ilgan. Andijonda voyaga yetgan. Qit’a chempionati va Osiyo o‘yinlari kumush medallari sohibi, Yaxshi niyat o‘yinlari g‘olibi. "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Tarjimai hol

Timur 12 yoshidan boshlab boks bilan shug‘ullanadi. Andijondagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida tanikli murabbiylar - Mars Qo‘chqorov va Aleksandr Razmaxovdan boks sirlarini o‘rgandi, shu bilan birga yetakchi bokschilar bilan bellashdi. Qisqa davr ichida, u 54 kilogramm vazn toifasida mamlakatimizda yetakchi bokschi ekanligini namoyish etdi.

Timur Tulyakov 1995 yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida kumush, Osiyo chempionatida bronza medali bilan takdirlandi. 1997 yilda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda bo‘lgan Osiyo chempionatida kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Ayniqsa, 1998 yil Timur uchun omadli keldi. U Nyu-Yorkda tashkil etilgan Yaxshi niyat o‘yinlarida katta yutuqqa erishdi va dunyo boks mutaxassislarini hayratga soldi. Chunki u chorak finalda rossiyalik jahon chempioni Malaxbekovni, yarim finalda AQShning iqtidorli bokschisi Rodrigesni, finalda kubalik jahon chempioni Fontni mag‘lub etdi. O‘sha yili Osiyo o‘yinlarida qo‘li jarohatlangan bo‘lishiga qaramay yana finalga chikdi.

Final uchrashuvining dastlabki ikki raundida raqibidan ustun ekanligini yaqqol namoyish qildi. Biroq yanada og‘irroq jarohatlarni oldini olish maqsadida murabbiylar "jang"ni to‘xtatishdi.

Keyingi 1999 yili Timur Tulyakov mamlakat chempionati shohsupasidagi faxrli ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit