To‘rayev Farhod Rustamovich


3572

Tug‘ilgan sana: 1974 Iyun 14
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1974 yilning 14 iyunida Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari sovrindori, jahon chempionatining kumush medali sohibi. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sportchi" faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Tarjimai hol

Dzyudo bo‘yicha taniqli murabbiy, O‘zbekistonda xizmat kursatgan sport ustozi Rustam To‘rayevning bu farzandi 7 yoshidan dzyudo bilan shug‘ullangan.

1991 yildan Chirchikdagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida o‘z mahoratini oshirgan.

1995-1996 yillarda qator xalqaro musobaqalarda g‘olib chiqqan Farhod To‘rayev mamlakat terma jamoasiga taklif etildi. U 1997 yilda Filippin poytaxti Manilada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, o‘ziga bildirilgan ishonchni okladi. O‘sha yili Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan harbiy-sportchilar jahon chempionatida esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Germaniyada uyushtiriladigan Gran-pri musobaqasi alohida nufuzga ega. 1998 yili Myunxenda Farhod To‘rayev ushbu turnir golibi bo‘lib, jahon dzyudo mutaxassislari e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Farhod 1999 yili Angliyaning Birmingem shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida kumush medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbek dzyudochilarining jahon chempionatidagi birinchi medali edi.

Sidney olimpiadasi qatnashchisi Farhod To‘rayev mamlakatimiz chempionligini muntazam ravishda qo‘ldan bermay kelayotir.

Yaqinda Germaniyada o‘tgan Gran-pri turnirida u uch yil avvalgi sharafli g‘alabasini yana takrorladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit