Tohir Malik


4950

Tug‘ilgan sana: 1946 Dekabr 27
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Adabiyotshunoslar

Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis Tohir Malik 2000 yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan. Yozuvchining «So‘nggi o‘q» qissasi asosida 1994 yili telefilm suratga olingan. Tohir Malik (Hobilov Tohir) 1946 yil Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Respublika radio va televideniye qo‘mitasida, «Yulduzcha» nashriyotida, «Guliston», «Sharq yulduzi», «Yoshlik» jurnallarida adabiy xodim, mas'ul kotib va bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib bo‘lib xizmat qilgan.

Yozuvchining ijodiy faoliyati hukumat mukofotlari va turli adabiy mukofotlar bilan taqdirlangan. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra "O‘zbekiston xalq yozuvchisi" unvoni berilgan.

Tohir Malik so‘nggi yillarda romannavis sifatida shuhrat qozondi. Uning «Shaytanat» (I kitob, 1992, II kitob, 1995, III kitob, 1997, IV kitob 2000) sarguzasht-detektiv romani o‘zining ma'naviy-axloqiy muammolari bilan talabchan kitobxon va adabiy jamoatchilik e'tiborini qozondi. Shuningdek, muallif «Yov» (1995) nomli qissa ham yaratgan.

Adibning «Mehmon tuyg‘ular» (2003) kitobi ham kitobxonni befarq qoldirmaydi. Unda sezgirlikka, hayotni anglashga, odamlarni tushunishga Olloh bergan umrni qadrlashga da'vat ruhi yetakchilik qiladi.

Mohir hikoyanavis, qissanavis va romannavis Tohir Malik 2002 yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kunda uning ko‘p jildlik «Saylanma» asarlari chop etilmoqda.

Asarlari: "Zaharli g‘ubor" (1978), "Somon yo‘li elchilari" (1979), "Chorrahada qolgan odamlar" (1985), "Qaldirg‘och" (1987), "Bir ko‘cha, bir kecha" (1988), "Alvido, bolalik!" (1989), "So‘ngi o‘q" (1990), "Iblis devori" (2006), "O‘lim uchburchagi" (2006), "Tilla kalamush" (2007), "Eng kichik jinoyat" (2008), "Odamiylik mulki" (2008), "Jinoyatning uzun yo‘li" (2008), "Mehmon tuyg‘ular" (2008), "Murdalar gapirmaydilar" (2008), "Ushlang o‘g‘rini!" (2009), "Kelinlar daftariga" (2010), "Voy onajonim" (2010), "Xalol nima-yu, xarom nima?" (2010) va boshqalar.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit