To'laganov Karim


1477

Tug‘ilgan sana: 1973 Iyul 28
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1973 yilning 28 iyulida Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha Markaziy Osiyo o‘yinlari chempioni. Osiyo chempionati g‘olibi va Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori. "Uzbekistan Respublikasida xizmat kursatgan sportchi" faxriy unvoni, «Mehnat Shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Karim yoshligidan "Paxtakor" o‘yingohi qoshidagi bolalar va o‘smirlar boks maktabida ta'lim olgan. Murabbiylar Feliks Pak va Hasan Muhamedov rahbarligida o‘z mahoratini oshirgan.

Karim bokschi sifatida 1995 yili nom chiqardi. Toshkentda tashkil etilgan I Markaziy Osiyo o‘yinlarida 71 kilogramm vazn toifasida g‘olib chikdi.

Keyinchalik poytaxtimizda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Tailandsa o‘tgan musobaqada esa Atlanta yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

U 1996 yilning boshida Uzbekistan chempionatida birinchi o‘rinni egallab, o‘zining sport mahoratini ko‘rsatdi. O‘sha yili AQSHning Atlanta shahrida o‘tkazilgan XXVI Olimpiya o‘yinlarida Karim dastlab argentinalik Tomasni 12:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. So‘ngra efiopiyalik Voldoni ustidan 13:9 hisobida g‘alaba qozondi va olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Karim To‘laganov 1999 yili O‘zbekiston chempionatining kumush medaliga muyassar bo‘ldi. U sport sohasidagi samarali xizmatlari uchun Vatanimizning "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan takdirlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit