Toshpulatova Shoxsanamxon Dilshodbek qizi


767

Tug‘ilgan sana: 1997 May 4
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2015 yil 22 dekabrdan Suzish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi

U 04.05.1997 yil Andijon viloyati, Andijon shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. 2013 yildan Andijon shahar akademik litseyi 3 bosqich o‘quvchisi.

Sh.Toshpulatova respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning suzish turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U o‘zining sportdagi faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarni va ffaxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, 2010 yil Germaniyada (Erlangen) suzish bo‘yicha Xalqaro turnirda 1-o‘rinni 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan.

2013 yil Sant-Dizerda (Frantsiya) «Bragard-2013» xalqaro turniri, Nandjingda (Xitoy) Osiyo Yoshlar o‘yinlari chempionati ishtirokchisi.

2014 yil Toshkentda V.S.Mitrofanov xotirasiga bag‘ishlangan O‘zbekiston Kubogida 13 ta 1-o‘rinni (oltin), 2-o‘rinni (kumush) egallagan.

2015 yil Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq Qishki chempionatida 13 1-o‘rinni (oltin), 8 ta 2-o‘rinni (kumush) va 3ta 3-o‘rinni (bronza), Navoiyda V.T.Bondarenko xotirasiga bag‘ishlangan Respublika ochiq turnirda 10 ta

1-o‘rinni, O‘zbekistonda (Toshkent) o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq Yozgi chempionatida 12 1-o‘rinni (oltin) va 5 ta 2-o‘rinni (kumush) egallagan.

2016 yilning mart oyida Noussa (Gretsiya)da o‘tkazilgan Halqaro chempionatda erkin suzish usulida 50m va 100m,100m- batterflyay, 100m brass, 100m chalqancha va 200m- kompleks usullarida 1-o‘rinlarni egallab, 6ta oltin medalni, may oyida Funchal (Portugaliya)da o‘tkazilgan Yevropa ochiq chempionatida qatnashib 100m batterflyay usulida 3-o‘rin bronza medali, 50m erkin usulida 3-o‘rin bronza medali, 100m chalqancha 2-o‘rin kumush medali va 200m- kompleks usulida 1-o‘rin oltin medali sohibasi bo‘lgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinlarni egallab terma jamoamiz hisobiga yana ikkita bronza medallarini qo‘shib qo‘ydi.

Jamoat ishlarida faol. “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida mahallada o‘tkaziladigan sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit