Tulepbergen Kaipbergenovich Kaipbergenov


702

Tug‘ilgan sana: 1929 May 7
Vafot etgan sana: 2014 Sentyabr 14
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpog‘iston
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Tulepbergen Kaipbergenovich Kaipbergenov (qoraqalp. To‘lepbergen Qayi‘pbergenov/Tөlepbergen Qayipbergenov; 1929 yil 7 may, Sho‘rtanbay ovuli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 2010 yil 14 sentyabr) — O‘zbekiston qahramoni, qoraqalpoq xalq yozuvchisi.

Tarjimai hol

Tulepbergen Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida 1929 yil tavallud topgan. O‘z kasbiy faoliyatini 1947 yil maktab o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Qoraqalpog‘iston pedagogik institutini tamomlagandan so‘ng o‘zining ko‘p mehnati va tashkilotchilik faoliyatini qoraqalpoq milliy nashrining rivojiga sarfladi hamda «Karakalpakstan jaslari» gazetasi maharriri, «Karakalpakstan» nashri direktori, «Qoraqalpog‘iston kengashi» gazetasi maharriri, Radio uzatish va televideniya qo‘mitasining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirligi huzuridagi nashr, poligrafiya va kitob savdosi bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi o‘rinbosari lavozimlarida fidokorona mahnat qildi.

1980 yildan T. Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi yozuvchilar uyushmasida samarali faoliyat olib bordi, qoraqalpoq adabiyoti va san’ti rivojida, yosh shoir va yozuvchilar tarbiyasiga katta hissa qo‘shdi.
Shuningdek, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, bir necha marotaba Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqari Kenesi va Nukus shahar kengashiga deputat bo‘lib tanlangan.

Tulepbergen Kaipbergenov o‘zining yarim asrlik yozuvchilik faoliyatida katta va sermazmun faoliyat olib bordi. O‘zining asarlarida Qoraqalpog‘iston xalqining tarixini, hozirgi hayotini, milliy qadriyat va an’analarini katta mahorat bilan kuyladi. Uning “Rahmat ustoz”, “Muz tomchisi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiye haqida rivoyat”, “Baxtsizlar” kabi qissa va romanlari, “Qoraqalpoqlar haqida doston” trilogiyasi bizning adabiyot xazinamizda munosib o‘rin egalladi. Bu asarlarning ko‘pi dunyoning turli tillariga tarjima qilingan va bir qator adabiyetning nufuzli mukofotlariga ega bo‘ldi.

Taniqli yozuvchining oxirgi yillardagi publitsistik chiqishlarida bizning mustaqilligimizni ma’naviy asosini mustahkamlovchi, Qoraqalpog‘iston yerlarida amalga oshirilayotgan tubdan yangilanish va o‘zgartirish jarayonlari, buyuk xalqimiz bunyodkor mehnati, Orolning muammolariga ommaning e’tiborini qaratuvchi mavzular alohida o‘rin egallagan.

T. Kaipbergenovning bizning adabiyotimiz rivojidagi xizmati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Unga “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari taqdim etildi. T. Kaipbergenov “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlandi, Vatanning oliy mukofoti — “O‘zbekiston qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit