Turob To‘la


1262

Tug‘ilgan sana: 1918 Dekabr 24
Vafot etgan sana: 1990 yil
Tug‘ilgan joyi: Qozog'iston
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

Qo‘shiqchi shoir va dramaturg Turob To‘laning qo‘shiq uchun yozilgan yoqimli, jarangdor she’rlari zamonamiz kishilarining yuragiga hamohangdir. U qo‘shiqchi shoir sifatida, ayniqsa, mashhur bo‘lgan. Turob To‘laning dramaturg sifatida pesalari respublika teatrlarida qo‘yilgan, opera, balet librettolarini yozgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Turob To‘la o‘z she’rlari, qo‘shiqlari, musiqali dramalari va kinostsenariylari bilan o‘zbek kitobxonlari va tomoshabinlari qalbidan chuqur joy olgan.

Turob To‘la 1990 yilda olamdan o‘tgan.

Turob To‘la she’r yozishni 1934 yillardan boshlagan. 1939 yilda uning birinchi she’rlar to‘plami bosilgan.

1941-1945 yillarda u harbiy mavzudagi she’rlari bilan xalqimizning fashizmga bo‘lgan nafratini ifodaladi. Shoirning «Shodligim» (1941), «Tabassum» (1944) to‘plamlaridagi she’rlar ham qahramon jangchilarga bag‘ishlangan.

Turob To‘la bir qancha kinoqissalar, jumladan, «Rais», «Marg‘ilonlik qiz», «Talant», «Maftuningman», «Furqat», «Shashmaqom» «To‘qqizinchi asr monologi», «Qahr» filmlari stsenariysini yaratishda ishtirok etgan, ayrimlarini o‘zi yozgan.

Turob To‘la dramaturg sifatida ham mashhur bo‘lib, uning «Qari qiz», «Qizbuloq», «Momo Yer» (Ch.Aytmatov asari asosida), «Nodirabegim», «Qahr» pesalari respublika teatrlarida qo‘yildi. Shuningdek, u «Zulmatdan ziyo» (Oybekning «Qutlug‘ qon» romani asosida) operasi hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolarini yozgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit