Tursunov Farhod Yusupbayevich


1893

Tug‘ilgan sana: 1931 Oktyabr 30
Tug‘ilgan joyi: Chimkent
Yo‘nalishlar: Me'morlar

Poytaxtimizdagi Respublika ko’pgina inshoat-birja binolari va turar joy binolarining loyihashtirilgan F.Tursunov O’zbekiston Respublikasi «Faxriy yorliq»lari, medallari hamda Davlat mukofoti sohibi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan me’mor, sobiq Ittifoq Badiiy Akademiyasining muxbir a’zosi, Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a’zosi. 

Farhod Tursunov 1931 yilda Chimkent shahrida tug’ilgan. 1957 yilda O’rta Osiyo Politexnika institutining arxitektura mutaxassisligi bo’yicha diplomini olgach, O’rta Osiyo Politexnika institutining Me’morchilik kafedrasida assistent, katta o’qituvchi bo’lib mehnat faoliyatini boshladi. So’ngra Samarqand shahrining bosh me’mori, Toshkent shahar me’morchilik va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig’ining muovini, Toshkent Bosh loyiha institutining direktori, O’zbekiston Me’morlar uyushmasi raisi vazifalarida faoliyat ko’rsatdi.

1979 yildan arxitektura fanlari nomzodi F.Tursunov professor ilmiy unvoniga ega bo’ldi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shahar qurilish taraqqiyoti muammolari bilan shug’ullanish F. Tursunov ijodida muhim o’rin tutadi.

Mustaqillik maydoni, O’zbekiston Rassomlar uyushmasi ko’rgazma zali, Jizzax shahridagi urushda halok bo’lgan harbiylarga o’rnatilgan yodgorlik majmuasi, «Mardlik» monumenti, Toshkent shahridagi Xalqlar do’stligi muzeyi bevosita F.Tursunov ishtiroki hamda loyihasi asosida qad rostlagan.

U ayniqsa, mustaqillik yillarida samarali ijod bilan shug’ullanib, 1990—1999 yillarda «Turkiston» kinokontsert zali, Toshkent shahar Hokimiyati binosi, poytaxtimizdagi Respublika birja binosi va turar joy binolarining loyihalarini tuzib, bu loyihalarning amalga oshishiga bosh-qosh bo’ldi.

F.Tursunov O’zbekiston Respublikasi «Faxriy yorliq»lari, medallari hamda Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. U Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati hamdir. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan me’mor F.Tursunov, sobiq Ittifoq Badiiy Akademiyasining muxbir a’zosi, Sharq mamlakatlari Xalqaro arxitektura Akademiyasining haqiqiy a’zosidir

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit