Tursunxo'jayev Muzaffar Shuxratillo o‘g‘li


192

Tug‘ilgan sana: 1998 Yanvar 16
Tug‘ilgan joyi: Andijon viloyati, Paxtaobod tumani
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2015 yildan Suzish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi

U 16.01.1998 yil Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek.

2016 yil Muzaffar Tursunxo'jayev Andijon olimpiya zahiralari kollejida tahsil oladi

2015 yildan suzish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

M.Tursunxo'jayev respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning suzish turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U o‘zining katta sportdagi ilk musobaqalaridan yuqori natijalar ko‘rsata boshlagan. Jumladan, 2015 yilning dekabr oyida Polshaning Shettsen shahrida o‘tkazilgan Polsha ochiq chempionatida 50 metrlik masofaga suzishning erkin usulida 1-o‘rin oltin va 100 metrlik masofaga 2-o‘rin kumush medallarini qo‘lga kiritib, yurtimiz dovrug‘ini yana bir bor jahonga tanitishga o‘z hissasini qo‘shgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinlarni egallab terma jamoamiz hisobiga yana ikkita bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit