Ulomov Valentin Ivanovich


1156

Tug‘ilgan sana: 1933 Yanvar 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Geologlar

Valentin Ivanovich Ulomov (tug’ilgan yili – 1933 yil 7 yanvar, Toshkent) – seysmolog, fizika-matematika fanlari doktori, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi.

1955 yilda O’rta Osiyo politexnika instituti tog’-kon fakultetini “Foydali qazilmalarni topishning geofizik uslublari” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan.

1959 yildan boshlab “Toshkent” seysmik stantsiyasida kichik ilmiy xodim va mudir lavozimlarida ishlagan. 1960 yildan boshlab O’zbekiston FA geologiya va geofizika Institutida direktor o’rinbosari, 1966-1985 yillarda esa O’zFA seysmologiya Institutida direktor o’rinbosari vazifalarida faoliyat ko’rsatgan.

Bir vaqtning o’zida (1990 yilgacha) Toshkent seysmologik observatoriyasiga aylantirilgan seysmik stantsiyani ishlatishni davom ettiradi.

1964 yilda sobiq SSSR FA Yer fizikasi Instituti (Moskva) da fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot, 1974 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1964 yilda 15 yil davomida o’zi rahbarlik qilgan Toshkentda O’rta Osiyo va Qozog’iston seysmik holatini kuzatish Markazini tashkil etishda jonbozlik ko’rsatdi.

1990 yilning dekabridan Yer fizikasi Instituti (Moskva) da hududiy seysmik laboratoriyasi mudiri vazifasida, 2004 yildan beri esa bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko’rsatdi. 1995 yilning fevral oyida Nyu York FAning haqiqiy a’zosi etib qabul qilindi.

Ilmiy faoliyati

Ilmiy tadqiqot ko’lami – fundamental va amaliy seysmologiya, litosferaning tuzilishi va dinamikasi, zilzila manbalari va uni oldindan bashorat qilish, global va mintaqaviy seysmologiya, seysmik mintaqalashtirish va seysmik xavflarni rayonlashtirish.

Zilziladan oldin radon chiqindilari prognozlashtirish ilmiy kashfiyoti muallifi. 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Zilzila xavfi prognozi va uni rayonlashtirish borasidagi ishlari uchun 1981 yilda Abu Rayhon Beruniy nomli Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit