Umarbekov O‘lmas - Kamal Raximbekovich


1047

Tug‘ilgan sana: 1934 Yanvar 25
Vafot etgan sana: 1994 Noyabr 10
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Iste’dodli adib O‘lmas Umarbekov tengdoshlari va ustozlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘lgan yozuvchilardan. U o‘nlab hikoyalar, qissalar, romanlar, dramatik asarlar yaratdi. U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, hamisha el-yurt g‘ami bilan yashadi. Ayniqsa, badiiy asarlarida - ular xoh hikoya, xoh roman, xoh sahna asari bo‘ladimi, hamma-hammasida insonlardagi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ulug‘lashga intildi.

Tarjimai hol

O‘lmas Umarbekovning tug‘ilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoni berildi. «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak sharafga ega bo‘ldi.

O‘lmas Umarbekov 50-60-yillarda o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan sermahsul va hozirjavob adiblar sirasiga kiradi.

U 1934 yil Toshkentda tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib, 1956 yilda uni a’lo baholar bilan bitirdi. «Men ham yoshligimda ko‘p narsalarga qiziqqanman, - deb hikoya qilgan edi yozuvchi. - Keyinchalik uchuvchilikni orzu qilgan edim, bog‘bon ham bo‘lmoqchi bo‘lganman. Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni tugatganimda, hech ikkilanmasdan, Toshkent dorilfununining filologiya fakultetiga kirdim.

Nazarimda, adashmagan ekanman. Endi bo‘lsa, adabiyotsiz, badiiy ijodsiz hayotimni tasavvur qilolmayman».

O‘lmas Umarbekov og‘ir xastalikdan so‘ng, 1994 yil 10 noyabrda hayotdan ko‘z yumdi.

Respublika radiosida oddiy muharrir sifatida ish boshlagan O‘lmas Umarbekov uzoq yillar davomida shu yerda bosh muharrir bo‘lib ishladi. Qariyb o‘n yilga yaqin «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga boshchilik qildi. 1982 yilga kelib, O‘zbekiston Madaniyat vazirining o‘rinbosari, keyinroq vazir bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.

Ko‘p o‘tmay, u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga rais etib saylandi (1985). Ayni chog‘da Osiyo va Afrika yozuvchilari birdamlik qo‘mitasining raisi etib tayinlandi. Nihoyat, 1989-1991 yillarda Respublika Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari bo‘lib ishladi.

U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, hamisha el-yurt g‘ami bilan yashadi. Ayniqsa, badiiy asarlarida - ular xoh hikoya, xoh roman, xoh sahna asari bo‘ladimi, hamma-hammasida insonlardagi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ulug‘lashga intildi.

Faoliyati

O‘lmas Umarbekov qariyb qirq yil tinimsiz izlanish, ijod bilan band bo‘ldi. U o‘nlab hikoyalar, qissalar, «Odam bo‘lish qiyin», «Fotima va Zuhra» kabi romanlari, «Qiyomat qarz», «Shoshma, quyosh», «Oqar suv», «Sud», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra», «Kurort», «Er yonganda» kabi dramatik asarlarini yaratdi. Shuningdek, «Ikki soldat haqida qissa», «O‘zgalarni deb», «Qalin qorlar bag‘ridagi uchrashuv» kabi kinofilmlar uchun stsenariylar yozdi. «Odam bo‘lish qiyin» romani O‘zbekiston yoshlar tashkilotining mukofotiga (1971), «Ikki soldat haqida qissa» filmi Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga (1977), «Damir Usmonovning ikki bahori» qissasi esa N.Ostrovskiy nomidagi sobiq ittifoq yoshlar tashkilotining mukofotiga (1984) sazovor bo‘ldi.

Uning tug‘ilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoni berildi. Va, nihoyat, 1992 yilda «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» degan yuksak sharafga ega bo‘ldi.

Uning vafotidan keyin «Fotima va Zuhra» romani nashr etildi va shu asar Muqimiy teatrida sahnalashtirildi. Hozirgi kunda uning nomida ko‘cha va maktab bor. Uch jildlik «Tanlangan asarlar»ining I va II jildi nashrdan chiqdi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit