Uteniyozov Allaniyoz


1819

Tug‘ilgan sana: 1936 Fevral 8
Vafot etgan sana: 2006 yil
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpog‘iston
Yo‘nalishlar: O‘qituvchilar

Tarjima holi

1936 yilning 8 fevralida Xalqaobod tumaning "Drujba" nomli poselkada oddiy dehqon oilasida tug‘ilgan. 1962 yili T.G.Shevchonko nomidagi Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti Ingliz tili fakultetini a’lo baholarga tamomlagan. Talabali yoillardanoq o‘zining qobiliyatlarini namoyon etgan bo‘lib, paxta terimining bir mavsumi davomid 15-16 tonna miqdorida paxta tergan. O‘qishni tugatgach, Nukus tumanidagi 4-o‘rta maktabida iigliz tilidan dars bergan.

Uteniyozov o‘qituvchilik paytida "Saxovat" fermer xo‘jaligi tashkil etgan edi, nafaqaga chiqqandan keyin ham shu xo‘jalikni boshqarib kelmokda. Uteniyozov nogiron va yordamga muhtoj qariyalarga 40 ta uyjoy, «Nukus» shirkat xo‘jaligi hududida 2 maktab, 2 akusherlik punkti, 2 bolalar bog‘chasi va 1 kutubxona binolarini qurib bergan. «Mehnat Shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1995).

Erishgan yutuqlari

O‘zbekiston Qahramoni (2001);

O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi (1992);

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1986);

Allaniyaz Uteniyazov Toshkent shahrida 2006 yilda vafot etgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit