Vayl ​Mark Yakovlevich


943

Tug‘ilgan sana: 1952 Yanvar 25
Vafot etgan sana: 2007 Sentyabr 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Rejissyorlar

Mark Yakovlevich Vayl (uzb. Mark Yakovlevich Vayl ; 25 yanvar 1952 yil, Toshkent — 7 sentyabr 2007 yil, Toshkent) — taniqli sovet va o‘zbek teatr rejissyori. Toshkent “Ilhom” teatrining asoschisi va badiiy rahbari.

Tarjimai hol

Mark Vayl Toshkentda harbiy oilada dunyoga keladi: onasi — Kiyev teatr institutining bitiruvchisi bo‘lgan. Mark Toshkent badiiy teatr institutining rejissyorlik bo‘limini tamomlagan. 1976 yil Toshkent badiiy teatr institutining bir guruh bitiruvchilari bilan (hanuzgacha O‘zbekistonda yagona) “Ilhom” nodavlat teatriga asos solgan.

Ijodi

Mark Vayl tomonidan bir qancha spektakllar boshqa teatrlarda ham masalan, Moskva, Bolgariya, Yugoslaviya, AQSh teatrlarda sahnalashtirilgan. Uning ishi benuqson bo‘lgan va o‘z uslubi bo‘yicha aktyorlar bilan ish olib borishi bilan ajralib turardi. Vayl eng yorqin va tajribali rejissyorlardan biri edi.Uning bir qancha spektakllari xalqaro festivallarga taqdim etilgan.

Shuningdek u bir qancha televizion filmlar muallifi sanaladi. Vaylning so‘nggi katta ishlaridan biri - “Toshkent. So‘nggi asrda ” hujjatli filmi bir qancha xalqaro festivallarda namoyish etilgan.

Vayl iste’doli pedagog bo‘lib, mashhur artist va rejissyorlar pleyadasini tarbiyalagan, bundan tashqari 1955 yilda Ilhom teatri qoshida san’at drama teatr maktabini tashkil etgan. Shunga qaramay, boshqa san’at drama teatr maktablarida va turli mamlakatlarning universitetlarida ma’ruza o‘qigan.

Vayl O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi edi.

Fojeaviy o‘limi

6 sentyabr 2007 yil 23.00 ga yaqin Mark Vayl Esxilning “Oresteya” sahna asari so‘nggi repetitsiyasidan qaytayotgan edi (spektakl premerasi ertasi kuni 7 sentyabr 2007 yil bo‘lishi kutilgandi ). Pod'yezdda uni ikkita noma’lum qora beysbol va mayka kiyganlar kutib turgandi. Ular rejissyorni qorniga bir necha marta pichoq solishgan va jiddiy bosh jarohatlar yetkazishgan. O‘lar ahvolga kelgan Mark Vaylni kasalxonaga olib kelishdi, oradan ko'p o'tmay jarrohlik stolida bu dunyodan ko‘z yumdi.

Mark Vayl bilan xayrlashuv Toshkentda o‘tkazilgan va keyinchalik uning jasadi Moskvada krematsiya qilingan. Mark Vayl hoki Sietlga xotini va ikki qiziga yuborildi.

17 fevral 2010 yil Toshkentda “Qur’onga taqlid” spektakli qo‘yilgandan so‘ng suiqasd qilishgan rejissyor qotillariga 13, 17, 19 yil qamoq jazosi berildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit